Shodieva Ozoda Majidovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.hirsutum L. navlarining turli iqlim sharoitida populyasion o‘zgaruvchanlik darajasi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/B140.
Ilmiy rahbar: Xalikova Maloxat Babamuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Jamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Boboev Sayfullo G‘ofurovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za navlari va tizmalari populyasiyasidagi turli iqlim sharoitlariga moslashish natijasida kelib chiqadigan o‘zgaruvchanlik darajasini aniqlash va ushbu o‘zgaruvchanlikning populyasiya fenotipik strukturasining o‘zgarishiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning rayonlashtirilgan navlari va yangi tizmalari turli tuproq-iqlim sharoitlarida parvarishlanganda ularning populyasiyalarida morfoxo‘jalik belgilar bo‘yicha turli biotiplarga ajralish ketishi, ya’ni turli fenotipik guruhlarning paydo bo‘lishi va bu navdorlikning o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
g‘o‘za navlari va tizmalari populyasiyalarida morfoxo‘jalik belgilarining nasldan-naslga berilishi va korrelyasiya koeffisientlarining fenotipik guruhlar bo‘yicha farqlanishlari isbotlangan;
navlar populyasiyasidagi modifikantlarni guruhlash va past ko‘rsatkichli guruhlarni chiqitga chiqarish navdorlikni yaxshilashi va yuqori ko‘rsatkichli alohida guruhlar nav gomeostazini ta’minlashi aniqlangan;
navlarning turli iqlim sharoitlariga moslashishi natijasida kelib chiqadigan o‘zgaruvchanlik darajasi navdorlikning o‘zgarishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G.hirsutum L. navlarining turli iqlim sharoitida populyasion o‘zgaruvchanlik darajasini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning “S-01” navi Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Firdavs-Marjona” fermer xo‘jaligida 31 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2020 yil 2 oktyabrdagi 01/03-2105-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan 41,5 sentnerdan paxta hosili etishtirish  imkonini bergan;
g‘o‘zaning “Omad”, “Oqqo‘rg‘on-2”, “S-01”, “Buxoro-6”, “Buxoro-102” navlari Toshkent va Navoiy viloyati turli tuproq-iqlim sharoitida ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 02/020-1731-son ma’lumotnomasi). Natijada, nav populyasiyasida gomeostaz holatini ta’minlash asosida yuqori sifatli elita urug‘lar olish imkonini bergan; 
g‘o‘zaning “S-01” navi urug‘lari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 10 noyabrdagi 4/1255-2445-son ma’lumotnomasi). Natijada, “S-01” navi g‘o‘zaning dunyoviy genofondini boyitish hamda kolleksion namunalar bo‘yicha elektron bazasini to‘ldirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish