Saipova Madina Saidaxbor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston O‘rta asr me’moriy bezaklarida ramziy ifodalarning rivojlanishi”, 18.00.01-Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.2.PhD/A42.
Ilmiy rahbar: Nozilov Dodo Avazovich, arxitektura doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindarovich, me’morchilik fanlari doktori, professor; Gil`manova Nafisa Valiaxmetovna, arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘rta asrlarga oid yodgorliklar me’moriy bezaklarida qo‘llanilgan ramziy ifodalarning rivoji va ularning mantiqiy echimini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
tarixiy yodgorliklarni bezatish uchun IX-XII asrlarda hajmiy bezaklar, XIII asrdan boshlab rangli bezaklar, XIV-XV asrlardan epigrafik bezaklar keng qo‘llanilganligi aniqlangan;
o‘rta asrlarga mansub Oq Ostona bobo va Ismoil Somoniy maqbaralari tashqi bezaklarida ikki olam, ya’ni “borliq” va “yo‘qlik” olamining ramziy modeli “metagalaktika” aks ettirilgani ezoterik (maxfiy) ramzlar orqali ifodalanganligi aniqlangan;
Buxorodagi Nodir Devonbegi madrasa peshtoqi qanosidagi tirik mavjudotlar tasvirlaridan tuzilgan bezak kompozisiyada “Bu o‘tkinchi, ya’ni sinov dunyosida, kimki o‘z nafsini harom luqmadan tiya olsa, u dunyodagi eng baxtli insondir” degan ramziy ifoda yashiringani asoslangan;
Samarqanddagi Sherdor madrasasi qanosidagi bezak kompozisiyasida “Inson ziyo orqali ruhiy poklikka erishadi, ruhiy poklik orqali komillik darajasiga etadi” degan shior bitilgani hamda yo‘lbarssimon sher tasviri orqali Yalangto‘sh Bahodirning muchali va burji ramziy aks ettirilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston o‘rta asrlar me’moriy bezaklarida ramziy ifodalarning rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy yodgorliklar tarzlarini bezatish uchun IX-XII asrlarda pishiq g‘ishtdan ishlangan hajmiy bezaklar ishlatilganligi, XIII asrdan boshlab esa rang qo‘llanila boshlanganligi, XIV-XV asrlarda obidalar inter`eri va peshtoq qismlari, madrasalar devorlarini geometrik naqshlar bilan uyg‘un holda bezatish uchun epigrafika qo‘llanilganligi yuzasidan olingan ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-30 raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida milliy timsollar va ramzlarni o‘rgatish orqali kadrlarni intellektual hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyalash” mavzusidagi amaliy loyihaning “Milliy timsollar va ramzlar ensiklopediyasini tayyorlash” bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 89-03-653-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asrlarga mansub tarixiy yodgorliklar bezaklarining ramziy ma’nolarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘rta asrlarga mansub Oq Ostona bobo va Ismoil Somoniy maqbaralari tashqi bezaklarida ikki olam, ya’ni “borliq” va “yo‘qlik” olamining ramziy modeli “metagalaktika” aks ettirilgani ezoterik (maxfiy) ramzlar orqali ifodalanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Madaniy meros departamentining “Madaniyat va tarix” muzeyini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 05 fevraldagi 03-12-08-623-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy meros ob’ektlarida qo‘llanilgan maxfiy ramzlarning ma’nolarini tushunish imkoniyati yaratilgan;
Buxorodagi Nodir Devonbegi madrasa peshtoqi qanosidagi tirik mavjudotlar tasvirlaridan tuzilgan bezak kompozisiyada “Bu o‘tkinchi, ya’ni sinov dunyosida, kimki o‘z nafsini harom luqmadan tiya olsa, u dunyodagi eng baxtli insondir” degan ramziy ifoda hamda Samarqanddagi Sherdor madrasasi qanosidagi bezak kompozisiyasida “Inson ziyo orqali ruhiy poklikka erishadi, ruhiy poklik orqali komillik darajasiga etadi” degan shiorlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Me’moriy bezaklar” nomli muzey eksponatlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazining 2021 yil 03 fevraldagi 90/21-son dalolatnomasi). Natijada Islom sivilizatsiya markazi muzeyida “O‘rta asrlar davriga oid me’moriy bezaklardagi ramziy ifodalar” nomli ekspozisiyani shakllantirish imkoniyati yaratilgan.