Shoisoev Izatullo Kenjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l arxitekturasining vujudga kelish va taraqqiy etish jarayonlari» 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/A43
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Dosmetova Zuxra Shavkatovna, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l tarixiy shaharlari va arxitektura yodgorliklarining vujudga kelish hamda taraqqiy etish bosqichlarini arxeologik, yozma, tarixiy, ilmiy hamda arxiv manbalari asosida kompleks o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Mirzacho‘lda ilk shaharsozlik madaniyati miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Ko‘hna Nurtepa yodgorligi hududida shakllanganligi, ilk o‘rta asrlarda turar joylar me’morchiligi asosan ikki “koridor-taroqsimon” va “chiziqli” kabi me’moriy-tarhiy echimlarda rejalanganligi aniqlangan;
Mirzacho‘lning qadimgi, antik, o‘rta asrlar va Chor Rossiyasi davrlariga oid barcha madaniy meros ob’ektlarining elektron bazasi shakllantirilgan va Sirdaryo viloyati madaniy meros ob’ektlarini to‘liq qamrab olgan xarita katalogi ishlab chiqilgan;
Sirdaryo shahrining rejaviy echimi O‘rta Osiyodagi boshqa shaharlarning radial-halqasimon strukturasidan farq qilishi va  shaxmatsimon strukturaviy tizimga ega ekanligi aniqlangan;
Sirdaryo viloyatida an’anaviy shaharsozlik bazasida turizmni rivojlantirishga qaratilgan Eski Xovos tarixiy shahri, Mirzarabod timi va sardobasi, Yakka sardoba yodgorliklarining grafik rekonstruksiya loyiha takliflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mirzacho‘l arxitekturasining vujudga kelish va taraqqiy etish jarayonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirzacho‘lda ilk shaharsozlik madaniyati miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Ko‘hna Nurtepa yodgorligi hududida shakllanganligi, ilk o‘rta asrlarda turar joylar me’morchiligi asosan ikki “koridor-taroqsimon” va “chiziqli” kabi me’moriy-tarhiy echimlarda rejalanganligi bo‘yicha olingan natijalar Sirdaryo viloyati madaniy meros boshqarmasining “Madaniyat va tarix” muzeyini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 12 fevraldagi 01-01/33-son dalolatnomasi). Natijada hududda ilk tarixiy shaharlar hamda turar joylarning tipologik tuzilishlarini aniqlash imkoniyati oshgan;  
Sirdaryo viloyati madaniy meros ob’ektlarini to‘liq qamrab olgan xarita katalogi va yodgorliklarning davrlar bo‘yicha yaratilgan elektron bazasidan Madaniy meros departamentida ta’mirlash loyihalarini takomillashtirish va obidalarni samarali ta’mirlash jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 12 fevraldagi 01-01/33-son dalolatnomasi). Natijada tarixiy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash loyihalarini bajarish imkoniyati oshgan; 
an’anaviy shaharsozlik bazasida turizmni rivojlantirishga qaratilgan Eski Xovos tarixiy shahri, Mirzarabod timi va sardobasi, Yakka sardoba yodgorliklarining grafik rekonstruksiya loyiha takliflari Madaniy meros departamenti tomonidan ob’ektlarning rekonstruksiya loyihalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 01-02-6M/293-son dalolatnomasi). Natijada Sirdaryo viloyatining turistik salohiyatini oshirishga hamda yangi sayyohlik marshrutlarini shakllantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish