Elmuratova Zulxumor Urazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekiston tuproqlari kollembolalarining faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B168.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Shomurotovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Husanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Allamuratov Shadimurat Toremuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Janubiy O‘zbekistonning agrotsenozlari va tabiiy ekotizimlari tuproqlaridagi kollembolalarning faunasini aniqlash va ularning ekologik hususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy O‘zbekistonning agrotsenozlari hamda tabiiy ekotizim tuproqlarida kollembolalarning 8 oilaga mansub 36 turi aniqlangan va 25 turi O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur sifatida qayd etilgan;
agrotsenozlar va tabiiy ekotizim tuproq qatlamlaridagi kollembolalarning dominant turlari aniqlangan; 
kollembolalarning agrotsenozlar va tabiiy ekotizimlarda tarqalishi, dinamikasi va jamoalarining strukturasi asoslangan;
agrotsenozlar va tabiiy ekotizim tuproqlaridagi kollembolalarning (Nurogastrura tullbergi, Supraphorura furcifera, Onychiurus taimyrica, Tomocerus sibiricus) turlari parazit chuvalchanglar bilan biotik aloqalari aniqlangan hamda ularning ekologik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy O‘zbekiston kollembolalar turkumi faunasi, tarqalish xususiyatlari va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy O‘zbekiston tuproqlarida kollembolalarining dominant turlarini tahlil va bioxilma-xilligini monitoring qilish, tuproq unumdorligini baholash xususiyatlari Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Yuldosh hoji BIB”, “Usarbobo” fermer xo‘jaliklari, Termiz tumani “Sharof Moxinur”, “Durdona namuna” fermer xo‘jaliklari bug‘doy, g‘o‘za agrotsenozlari va tabiiy ekosistema tuproqlari unumdorligini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 6 iyuldagi 04-36/71-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlarda bug‘doy va g‘o‘za agrotsenozlari hamda tabiiy ekosistemalardagi tuproq kollembolalarining bioxilma-xilligini monitoring qilish, tuproq qatlamlarida tarqalishi va dominant turlari, tuproqlar unumdorligini baholash imkonini bergan;
tabiiy eosistemalar va turli agrotsenozlar tuproq unumdorligini kollembolalar yordamida aniqlash chora-tadbirlari Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Yuldosh hoji BIB”, “Usarbobo” fermer xo‘jaliklari, Termiz tumani “Sharof Moxinur”, “Durdona namuna” fermer xo‘jaliklari bug‘doy va g‘o‘za agrotsenozlari hamda tabiiy ekosestima tuproqlarining texnogen ifloslanishini bioindeksatsiya qilish bo‘yicha ekologik holatini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 06 iyundagi 02/022-1-2028-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlarda agrotsenozlar va tabiiy ekosistema tuproqlarining holatini baholash imkonini bergan;
Janubiy O‘zbekiston hududida tarqalgan kollembolalarning 25 turga mansub 93 nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining Zoologiya kolleksiyasi Noyob ilmiy ob’ekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 8 iyuldagi 4/1255-1424-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiyaning oyoqdumlilar fondini boyitgan va Collembola turkumi hasharotlari tur tarkibi va tarqalishini aniqlash hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish