Nazirova Shukriya Miadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xitoyda ayollar adabiyoti: shakllanish omillari va takomil bosqichlari» (XX-XXI asrlar), 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1056.
Ilmiy rahbar: Ziyamuxamedov Jasur Tashpulatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Muxibova Ul`patxon Uchkunovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Baxodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy xitoy «ayollar adabiyoti»ning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, janr va uslub xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoyda ayollar adabiyotining yuzaga kelishi va taraqqiyoti qiyosiy-tipologik va tarixiy-madaniy aspektda o‘rganilib, paydo bo‘lishidan XXI asrning birinchi o‘n yilligigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘li asoslangan;
XX asrda ijod qilgan ayol adibalar asarlarini tahlil etish asnosida milliy an’analar va jahon adabiyoti tajribalari, zamonaviy oqim va yo‘nalishlarning yozuvchi hamda shoiralar ijodiy metodiga ta’siri ko‘rsatilgan;
Xitoy ayollar adabiyotini davrlashtirish tamoyillari ishlab chiqilgan, har bir bosqichning o‘ziga xos jihatlari adabiy jarayonlar, badiiy asarlarning mavzu ko‘lami, mazkur yozuvchilarning ijodiy uslubi yoritilgan;
XXI asrning birinchi o‘n yilligi ayollar adabiyotining nasriy yo‘nalishida asarlar yozgan Tyao Ye, Lu Min, Fan Syaotsin, Vey Vey, Chi Szisyan ijodi, avangard yo‘nalishda ijod qilgan San Syuening «Usyan ko‘chasi» (《五香街》), Lin Bayning «Bir odamning urushi» (《一个人的战争》), manjur adibasi Byan Linlinning «Debudali» (《德布达里》), Su Lixua (tax. Xay Nan)ning «Uezd shahri» (《县城》) Chen Janning «Shaxsiy hayot» (《私生活》) romanlarining tahlili o‘zbek sharqshunosligida ilk bor amalga oshirilgan hamda «tarmoq adabiyoti» yo‘nalishda ijod qilgan shoiralar Yuy Syuxua, Yan Szyasyan, Day Veyna, Chjou Szanlarning ijodidan namunalar ilmiy muomalaga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoyda ayollar adabiyotining genezisi va takomil bosqichlarining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Xitoyda ayollar adabiyotining yuzaga kelishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq natijalaridan OT-F1-67 raqamli «Buyuk ipak yo‘li mintaqasi xalqlari fol`klorining tipologiyasi, milliy o‘ziga xosligi va yozma adabiyot rivojida tutgan o‘rni» mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3615-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xitoyda yashab ijod etgan ayol ijodkorlarning adabiyotdagi o‘rni hamda asarlarida fol`klor an’analaridan unumli foydalanganligi masalalarini yoritib berishga xizmat qilgan;
Xitoy ayollar adabiyoti, XXRda gender tenglik masalasiga oid xulosalardan Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti ilmiy faoliyatida, xususan, «Xitoy tili» bilan bog‘liq ilmiy yo‘nalishlarda qo‘llanilgan (Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2020 yil 18 avgustdagi 6-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan materiallar o‘quv jarayonida tinglovchilarda Xitoy ayollar adabiyoti va uning taraqqiyoti, adibalar haqida ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
XXI asrning birinchi o‘n yilligi ayollar adabiyotining nasriy yo‘nalishida asarlar yozgan Tyao Ye, Lu Min, Fan Syaotsin, Vey Vey, Chi Szisyan ijodi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining turkum ko‘rsatuv va eshittirishlarida, jumladan, «Mahalla» radiokanalining «Munavvar soatlar» eshittirishi jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» radiokanali DUK, 2020 yil 29 sentyabr` 04-110-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio eshituvchilarda Xitoydagi ayol adibalar va ularning serjilo asarlari, o‘ziga xos obrazlar tizimi borasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qilgan.