Budaychiev Bayishbek Dakibaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qirg‘iziston tasviriy san’atining shakllanishi va rivojlanishi (XX asrning 20 yillari - XXI asrning boshlari)”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Ahmedova Nigora Rahimovna, san’atshunoslik fanlari doktori, O‘z BA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.S.Sodiqov nomidagi Qirg‘iziston Respublikasi milliy badiiy akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs. 02/30.12.2019. San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Gyul` El`mira Valievna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Lunyova Valentina Vital`evna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Bulatov Saidaxbor Sabitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qirg‘iziston tasviriy san’atining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini  (XX asrning 20-yillari - XXI asr boshlari) ijtimoiy-tarixiy va madaniy omillar kesimida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qirg‘iziston tasviriy san’atida milliy o‘ziga xoslikning shakllanishi jarayoni xalq eposi va an’anaviy san’at poetikasi, tabiat bilan uyg‘un ranglar, majoziy obrazlar tizimi, tasviriy ifoda dinamikasiga asoslangani dalillangan;
qirg‘iz xalqining madaniy badiiy an’analari va vorislik tamoyillari zamonaviy tasviriy san’at sara namunalarini namoyon etgani dalillangan;
Qirg‘iziston tasviriy san’ati tarixiy va madaniy vorislik hamda badiiy taraqqiyotning bunyodkorlik omillari asosida jadal rivojlanayotgan ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida dalillangan;
voqelikni idrok etishda milliy rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, mahobatli-dekorativ rangtasvirga xos asosiy (etno-majoziy, poetik, tarixiy-realistik, zamonaviy-konstruktiv) yo‘nalishlar aniqlangan;
milliy madaniy meros asosida Evropa ijodiy an’analarini integratsiyalash (o‘zlashtirish) orqali professional tasviriy san’at maktabi shakllangani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qirg‘iziston tasviriy san’atida milliy o‘ziga xoslikning shakllanishi   xalq eposi va an’anaviy san’at poetikasi, tabiat bilan uyg‘un ranglar, majoziy obrazlar tizimi, tasviriy ifoda dinamikasiga asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan  Qirg‘iziston tasviriy san’ati tarixiga bag‘ishlangan yirik jamoaviy monografiyalar boblarini yozishda foydalanilgan (Qirg‘iziston Milliy Badiiy Akademiyasining 2020 yil 5 martdagi ma’lumot № 118);
professional tasviriy san’atining milliy madaniy meros va ijodiy integratsiyalar ta’sirida yangilanib boruvchi rivojlanish dinamikasiga asoslangan xulosalardan o‘rta maktablar uchun milliy tasviriy san’at tarixi darsligini (“Kirgizstan kөrkөm-sүrөt iskusstvosu”.) nashr etishda foydalanilganbshhlib, darslik  Qirg‘iziston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2017 yilda G. Aytiev nomidagi Qirg‘iziston milliy tasviriy san’at muzeyi ishtirokida nashr etilgan (2020 yil 5 martdagi G. Aytiev nomidagi KNMI ma’lumotnomasi № 29). Natijada yosh avlod milliy san’at turlari va yetakchi ustalar ijodiy merosi, milliy an’analar va ularning turfa shakllardagi in’ikosi bilan yaqindan tanishgan;  
zamonaviy tasviriy san’atining eng yaxshi namunalari qirg‘iz xalqining madaniy badiiy an’analari va vorislik tamoyillarini namoyon etayotgani dalillangan xulosalar Bishkek shahar meriyasining birlashgan yodgorlik muzeylari direksiyasi bilan hamkorlikda monografiya tayyorlashda foydalanilgan (Bishkek shahar meriyasi muzeylar direksiyasining 2020 yil 6 martdagi 2-sonli guvohnomasi).Natijada Qirg‘iziston tasviriy san’atining shakllanishiga oid faktologik materiallar  umumlashtirilgan va tizimlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish