Shermuxamedov Komiljon Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX-XXI asr boshlarida Misr ijtimoiy-siyosiy hayotida “Musulmon birodarlar” uyushmasining faoliyati”, 07.00.04 – Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar48. 
Ilmiy rahbar: Xasanov Axadjon Axmedjanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Babadjanov Baxtiyor Miraimovich, tarix fanlari doktori, Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Musulmon birodarlar” uyushmasining destruktiv faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
zamonaviy ko‘rinishdagi radikal oqimlar tomonidan amalga oshirilayotgan suisid amaliyotining asosi ilk bor Hasan al-Bannoning “Fannul-mavt” (“o‘lim san’ati”, فن الموت), ya’ni “shahidlikka ruxsat berish”ni diniy matnlar bilan bog‘lab berish g‘oyasi orqali tatbiq etilgani aniqlangan; 
“Musulmon birodarlar” uyushmasi (جماعة الإخوان المسلمين) yetakchisi Sayyid Qutbning “takfir” (“dinsizlikda ayblash”, تكفير) amaliyoti bilan bog‘liq o‘ta radikal konsepsiyasi zamonaviy ekstremistik va terrorchi guruhlarning buzg‘unchilik harakatlarini oqlashda asosiy vositaga aylangani ochib berilgan;
“Musulmon birodarlar”ning tizimlashgan boshqaruv ierarxiyasi va “xalifalik davlatini tashkil etish” bilan bog‘liq dasturiy maqsadlari “Hizbut-tahrir” singari ekstremistik tashkilotlarning uslublariga bevosita ta’sir etgani isbotlangan; 
Misrning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ko‘p yillar davomida qo‘llagan “kuch ishlatish” metodi bugungi axborot kurashi davrida etarli samara bermagani sababli g‘oyaviy targ‘ibot uslubiga o‘zgargani va bu o‘z navbatida O‘zbekiston tajribasi misolida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi eng samarali yo‘l ekani asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
zamonaviy ko‘rinishdagi radikal oqimlar tomonidan amalga oshirilayotgan suisid amaliyotining asosi ilk bor Hasan al-Bannoning “Fannul-mavt” (“o‘lim san’ati”), ya’ni “shahidlikka ruxsat berish”ni diniy matnlar bilan bog‘lab berish g‘oyasi orqali tatbiq etilgani haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari uchun buyurtma asosida tayyorlangan darslik hamda imom-xatiblar uchun chop etilgan muallifning “Jaholat to‘ri” nomli kitobida foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 10 noyabrdagi 2214-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun tahdid solayotgan din niqobi ostidagi xurujlarni oldini olish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash masalalari ochib berilgan; 
“Musulmon birodarlar” uyushma yetakchisi Sayyid Qutbning “takfir” amaliyoti bilan bog‘liq o‘ta radikal konsepsiyasi zamonaviy ekstremistik va terrorchi guruhlarning buzg‘unchilik harakatlarini oqlashda asosiy vositaga aylangani haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan ichki ishlar tizimidagi xodimlarning malakasini oshirish, islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda profilaktika inspektorlari uchun buyurtma asosida tayyorlangan “Ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot dushmani” nomli o‘quv-amaliy qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 28 noyabrdagi 3150-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ichki ishlar organlari xodimlarida mutaassib oqimlar tomonidan targ‘ib qilinayotgan g‘oyalar islom dini mohiyatiga umuman yot ekani haqidagi ma’lumotlar taqdim etilgan;
“Musulmon birodarlar”ga xos tizimlashgan boshqaruv ierarxiyasi va “xalifalik davlatini tashkil etish” bilan bog‘liq dasturiy maqsadlari “Hizbut-tahrir” singari ekstremistik tashkilotlarning uslublariga bevosita ta’sir etgani haqidagi ma’lumotlardan buyurtma asosidagi “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, “Ekstremizm profilaktikasi va deradikalizatsiya masalalari” nomli kitoblar mazmuniga singdirilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 3 noyabrdagi 5461-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini oshirish hamda yot g‘oyalar ta’siriga tushgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarishda muhim ahamiyat kasb etgan; 
Misrning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ko‘p yillar davomida qo‘llagan “kuch ishlatish” metodi bugungi axborot kurashi davrida etarli samara bermagani sababli g‘oyaviy targ‘ibot uslubiga o‘zgargani va bu o‘z navbatida O‘zbekiston tajribasi misolida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi eng samarali yo‘l ekani haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan oliy ta’lim muassasalari uchun “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan). Natijada talabalar ongida mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini yanada chuqurroq anglash, jamiyat barqarorligiga tahdid solayotgan buzg‘unchi oqimlar haqida yaqqol bilim va tasavvurlar shakllanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning ekstremizm hamda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ijobiy tajribasi asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-tarixiy konsepsiyasining “Jaholatga qarshi ma’rifat” bandini ishlab chiqish va muzey ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 28 avgustdagi 234/20-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natija jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish