Mirzaev Nasriddin Muxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX–XX asr boshlarida Toshkent qozixonalarida yuritilgan ijtimoiy munosabatlarga oid hujjatlar”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar826.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich, tarix fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Jo‘raboy O‘rinboevich, yuridik fanlari doktori, professor, Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX–XX asr boshida Toshkent qozixonalaridagi ijtimoiy va oilaviy masalalarga doir hujjatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent qozixonalarida ko‘rilgan mol-mulk, qarz, ibro (o‘z haqqidan kechish), savdo-sotiq, nikoh, taloq, voyaga etmagan sag‘ir bolalar va fuqarolarning notarial ishlari bilan bog‘liq aniqlangan 1000 ta tarixiy hujjatlarda ikki tomonning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish uchun hukm vasiqasiga bosilgan muhrlar va ishonchli guvohlarning bo‘lgani hamda shu tarzda milliy qonunchilik ana’analari shakllangani ochib berilgan;
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Toshkent qozilari tomonidan joriy qilingan (حكم دفترى) «Qarorlar» va (اكت دفترى)«Dalolatnomalar»ni qayd qilishga doir maxsus kitoblar kelajakda asossiz nizolarning oldini olishga ham xizmat qilgani dalillangan;
umuminsoniy qadriyatlar va milliy an’analarga katta e’tibor bergan o‘zbek xalqi jamiyatda boquvchisini yo‘qotgan hatto begona (صغير)sag‘ir etimlarni ham o‘z oilasiga olganliklari natijasida Toshkentda imperiya ma’muriyati ochgan bolalar uylariga musulmon etim bolalari topshirilmagani arxiv manbalari asosida isbotlangan;
qozilar mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq fuqarolik ishlarida ikki tomon kelishmovchiliklarini sulh orqali echishni taklif etgani, natijada, da’vogar o‘z haqqidan javobgar foydasiga savob umidida voz kechgani hamda (ابرا) ibro (o‘z haqqidan kechish) nomini olgan bunday qarorlarni rasmiylashtirish Toshkent qozixonalarida ham ommalashgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX–XX asr boshida Toshkent qozixonalarida yuritilgan ijtimoiy munosabatlarga oid hujjatlar bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Toshkent qozixonalarida ko‘rilgan mol-mulk, qarz, ibro (o‘z haqqidan kechish), savdo-sotiq, nikoh, taloq, voyaga etmagan sag‘ir bolalar va fuqarolarning notarial ishlari bilan bog‘liq aniqlangan 1000 ta tarixiy hujjatlarda ikki tomonning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish uchun hukm vasiqasiga bosilgan muhrlar va ishonchli guvohlarning bo‘lgani hamda shu tarzda milliy qonunchilik ana’analari shakllangani ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyurtmasi asosida chop etilgan «Din va hayotga oid savol-javoblar» kitobi 1-juzining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 4 dekabrdagi 2472-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar diniy sohaga oid muhim savollariga asoslantirilgan javoblar olishida va oilaviy munosabatlarda yuzaga keluvchi muammoli masalalar echimini topishida muhim ahamiyat kasb etgan;
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Toshkent qozilari tomonidan joriy qilingan (حكم دفترى) «Qarorlar» va (اكت دفترى)«Dalolatnomalar»ni qayd qilishga doir maxsus kitoblar kelajakda asossiz nizolarning oldini olishga ham xizmat qilgani dalillangani to‘g‘risidagi xulosalardan buyurtma asosida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan nashr etilgan «O‘zbekiston arxiv tizimi 100 yoshda» kitobida foydalanilgan («O‘zarxiv» agentligining 2020 yil 4 dekabrdagi 01-26/1081-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng qamrovli arxiv foydalanuvchilariga qozixonalarda yuritilgan hujjatlar haqida to‘liq ma’lumot olish, ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilgan;
umuminsoniy qadriyatlar va milliy an’analarga katta e’tibor bergan o‘zbek xalqi jamiyatda boquvchisini yo‘qotgan hatto begona (صغير)sag‘ir etimlarni ham o‘z oilasiga olganliklari natijasida Toshkentda imperiya ma’muriyati ochgan bolalar uylariga musulmon etim bolalari topshirilmagani arxiv manbalari asosida isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashkil topganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan ishga tushirilgan «Adliya organlari tarixi muzeyi»ning XX asr boshiga oid eski o‘zbek va fors tillaridagi qozilik hujjatlaridan iborat ekspozisiyalariga joylashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 17/6-5/2351-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hujjatlar muzey ko‘rgazmalarini boyitish bilan birga, tashrif buyuruvchi fuqarolarga qozilarning voyaga etmgan sag‘ir bolalarga vasiy tayinlash amaliyoti va uning tarixiy xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini bergan;
qozilar mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq fuqarolik ishlarida ikki tomon kelishmovchiliklarini sulh orqali echishni taklif etgani, natijada, da’vogar o‘z haqqidan javobgar foydasiga savob umidida voz kechgani hamda (ابرا) ibro (o‘z haqqidan kechish) nomini olgan bunday qarorlarni rasmiylashtirish Toshkent qozixonalarida ham ommalashgani aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 24 dekabrdagi 03-40-2707-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning Toshkent tarixiga oid rasmiy hujjatlar tarixi, ajdodlarimiz ilmiy merosiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishi, tarixiy bilimlarining oshishi va ularda milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishiga xizmat qilgan.