Im Svetlana Borisovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “So‘z tovush qobig‘i sintezi jarayonidagi morfonologik hodisalar (ot so‘z turkumi misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.DSc/Fil 209.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogogika fanlari doktori, professor; Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shherbak Antonina Semenovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus tilining nomina abstracta so‘z yasalishi hamda diminutivlarida so‘zning tovush qobig‘i sintezi jarayonida morfonologik hodisalarni tizimli tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli morfonologik pozisiyalarda morfonemalarning almashish qoidalari va bitta tovush zanjiridagi morfonologik ob’ektlar sintagmatikasi Sossyurning paradigmatika-sintagmatika dixotomiyasi doirasida takomillashtirilgan;
suffikslar allomorflari paradigmasini namoyon etuvchi morfemalarni guruhlash asosida so‘zning tovush qobig‘i tuzilishi munosabatlari urg‘u va al`ternantlar sinfidan allomorf tomongagina emas, balki allomorfdan urg‘u hamda al`ternant tomonga borishi imkoniyati aniqlangan;
morfonologiyaning urg‘u, fonemalar va suffikslar differensial belgilari sinfi bilan xarakterlanuvchi morfonemaga ega mustaqil lingvistik fan sifatidagi maqomi dalillangan;
“fuziya”, “agglyutinatsiya” va “morfonema” tushunchalarini farqlashning morfonologik elementlari o‘zaro aloqasiga asoslangan morfonologik qoida prizmasi orqali rus tilidagi so‘z yasashning allomorflar paradigmasi asosida xosil bo‘luvchi fuzion tabiati ochib berilgan;
morfonologik jihatdan tadqiq etilayotgan so‘zlar sinfida urg‘u, fonemalar almashinuvi hamda suffikslarning funksional muqobilligi, shuningdek ko‘rsatilgan morfonologik elementlar o‘rtasidagi dominatsiya xususiyatining o‘zgaruvchanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sossyurning paradigmatika – sintagmatika dixotomiyasi asosida rus tilidagi morfonologik hodisalarni tavsiflashga oid nazariy xulosalardan OT-A1-63 raqamli “Bilim ila nur-ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan umumevropa kompetensiyalariga javob beradigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-07-2964-son ma’lumotnomasi).Tadqiqot ilmiy xulosalaridan foydalanish natijasida, o‘quv-metodik majmuaning nazariy qismi zamonaviy lingvistik tendensiyalarga moslashtirilgan;
morfonologiyaning qator differensial belgilar (DB) sinfi urg‘u, fonema va suffikslar al`ternatsiyasibilan tavsiflanuvchi morfonemadan iborat tadqiqot ob’ektiga ega mustaqil fan sifatidagi maqomi aniqlangan. Mazkur xulosadan“Istoricheskaya grammatika russkogo yazika” darsligini tayerlashda foydalanilgan. (Im S.B.Istoricheskaya grammatika russkogo yazika. - T.: Donishmand ziyosi, 2020. 304s. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-047-son guvohnomasi). Natijada darslikning mazmuni so‘zning tovush qobig‘i sintezi jarayonida morfonologik hodisalarni o‘rganishning bazaviy qoidalari haqidagi materiallar bilan boyitilgan;
yasovchi asos morfonologik belgilari bilan bog‘liq variantlar ko‘rinishidagi allomorflar doirasida harakatlanadigan allomorflar paradigmasidan iborat yangi morfonologik birlik – suffiksni aniqlashga oid tadqiqot xulosalaridan ITD-1, A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1, darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish”loyihasida foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-07-2964-son ma’lumotnomasi). Natijada xulosa va tavsiyalar elektron manbalar, bosma o‘quv-metodik nashrlar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
morfonologik elementlarning o‘zaro bog‘liqligi tamoyiliga asoslangan, fuziya, agglyutinatsiya va morfonema tushunchalarini rus tilidagi so‘z yasashning fuzion tabiatini urg‘u va yasovchining al`ternantlari sinflari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning morfonologik qoidasi hamda suffiks allomorfi ta’sirida yasalmaning morfonologik variantini tanlash prizmasi orqali farqlashga doir mualliflik yondashuvidan “Slavistika” darsligini tayerlashda foydalanilgan. (Im S.B.Slavistika. - T.: Vneshinvestprom, 220s. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-046- son guvohnomasi). Shuningdek, ITD-1, A-1-209 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3176-son ma’lumotnomasi). Natijada materiallar lug‘at tuzishda tushunchalarni takomillashtirish hamda til birliklarini talqin qilishda asos vazifasini o‘tagan, elektron manbalar va tipografik darsliklar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
o‘rganilayotgan so‘zlarda urg‘u ekvivalentligi, fonemalar va suffikslar almashinishining funksional ekvivalentligi ko‘rsatilgan morfonologik elementlar o‘rtasidagi dominatsiya xarakteri o‘zgarishiga oid tadqiqot natijalaridan «Kasbiy muloqot sohasidagi tarjimon» fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Oliy ta’lim vazirligi Oliy ta’limning federal davlat byudjet ta’lim muassasasi Voronej davlat texnika universitetining2020 yil 28 iyuldagi 13-21-21/118-son ma’lumotnomasi). Natijada 10 ta o‘quv dasturiloyihasi doirasida ishlab chiqilgan, ishchi kasblarni o‘rgatish bo‘yicha loyiha mazmuni hozirgi rus tilida morfonologik hodisalarni o‘rganishning bazaviy asoslari to‘g‘risidagi materiallar bilan to‘ldirilgan;
rus tilida sifatdan yasalgan, jens.roddagi otlar va diminutivlarda tovush qobig‘i sintezi jarayonining qonuniyligiga oid nazariy xulosalardan IZ-2018110171 raqamli “Umumta’lim maktablarida «Shaxmat» fani uchun 3-Dinteraktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarini ishlab chiqish va joriy etish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2020 yil 25 avgustdagi 01/15-09/127-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-metodik qo‘llanma hamda ularning “Shaxmat” fani uchun mul`timediaviy ilovasi zamonaviy rus tilidagi morfonologik hodisalarni hisobga olgan holda ma’lumotlar bilan takomillashtirilgan.