Joniev Muzaffarxon Fayzullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyoda haj safarlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari (XIX asr oxiri – XX asrning 80-yillari)”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar825.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Bahodirov Roiq Majidovich, falsafa fanlari doktori, professor, Qoriev Odil Ahmadjonovich, tarix fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Osiyoda haj safarlarining tashkil etilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyodan Makka va Madina shaharlariga olib boruvchi haj yo‘llarining ziyorat vositasi bo‘lishi bilan bir qatorda, safarlar davomida hojilar tomonidan mahalliy ipak mahsulotlari savdosining yo‘lga qo‘yilgani va olimlar o‘rtasida o‘zaro ilmiy muloqotlarning tashkil qilingani musulmon xalqlari o‘rtasida tijoriy, madaniy-ma’rifiy aloqalarning mustahkamlanishiga bevosita ta’sir qilgani aniqlangan;
O‘rta Osiyolik ziyoratchilarning haj safarlari davomida yo‘l, oziq-ovqat va tibbiy-sanitariya xizmatlariga doir muammolarini bartaraf etish maqsadida toshkentlik ishbilarmon Saidg‘ani Saidazimboev tomonidan 1908-1909 yillarda ilk bor qulay shart-sharoitlarga ega, xavfsiz safarlar tashkil etish bo‘yicha yangicha ziyorat loyihasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgani aniqlangan;
Istanbul, Bursa, Adana, Antakiya, Halab, Bag‘dod, Quddus, Qohira, Jidda, Makka va Madina shaharlarida o‘rta osiyoliklarning vaqf mablag‘lari hisobidan vatandosh hojilar uchun ta’sis etilgan 43 ta takya aniqlanib, ularning nafaqat o‘ziga xos musofirxona, balki Turkistondan borgan ziyoratchilarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatuvchi maskan vazifasini ham bajargani isbotlangan;
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi (اورتا آسيا و قازاغستان مسلمانلرى دينى باشقارمه سى)  rahbariyati sovet ittifoqining Saudiya Arabistoni va xalqaro musulmon tashkilotlari bilan rasmiy aloqalari yo‘qligi sababli faol diplomatik tashabbuskorlik ko‘rsatib, Saudiya Arabistoni, Islom olami uyushmasi, Islom konferensiyasi tashkiloti bilan kelishgan holda sovet musulmonlarining haj safarlari davomida duch kelayotgan viza, bojxona va mehmonxona masalalariga doir muammolarini muvaffaqiyatli hal etgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asr oxiri – XX asrning 80-yillarida O‘rta Osiyoda haj safarlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘rta Osiyodan Makka va Madina shaharlariga olib boruvchi haj yo‘llarining ziyorat vositasi bo‘lishi bilan bir qatorda, safarlar davomida hojilar tomonidan mahalliy ipak mahsulotlari savdosining yo‘lga qo‘yilgani va olimlar o‘rtasida o‘zaro ilmiy muloqotlarning tashkil qilingani musulmon xalqlari o‘rtasida tijoriy, madaniy-ma’rifiy aloqalarning mustahkamlaganliga bevosita ta’sir qilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar 2019-2020 o‘quv yili davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘qitilgan «O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati diniy an’ana va urf-odatlar» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 10 dekabrdagi 6249-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy xulosalarning qo‘llanishi keng jamoatchilik, xususan, yoshlarda Sovet hokimiyati boshqaruvi davrida diniy urf-odatlarning cheklanishiga doir tasavvurni shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi
(اورتا آسيا و قازاغستان مسلمانلرى دينى باشقارمه سى)  rahbariyati sovet ittifoqining Saudiya Arabistoni va xalqaro musulmon tashkilotlari bilan rasmiy aloqalari yo‘qligi sababli faol diplomatik tashabbuskorlik ko‘rsatib, Saudiya Arabistoni, Islom olami uyushmasi, Islom konferensiyasi tashkiloti bilan kelishgan holda sovet musulmonlarining haj safarlari davomida duch kelayotgan viza, bojxona va mehmonxona masalalariga doir muammolarini muvofaqiyatli hal etganiga doir ilmiy-nazariy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan Mabrur hajning mukofoti jannatdir” va buyurtma asosida tayyorlangan «O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor» kitob-al`bomining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 4 dekabrdagi 02/353-sonli dalolatnomasi). Natijada, haj safarlarining yaqin tariximizdagi o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka tanitish imkoniyati yaratilgan;
Makka va Madina shaharlaridagi o‘rta osiyoliklar tomonidan vatandosh hojilar uchun ta’sis etilgan vaqf mulklariga doir ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan «Vaqf hujjatlari kolleksiyasi» deb nomlangan I-323-fond tarkibidagi hujjatlarning annotatsiyalangan katalogini tayyorlashda foydalanilgan. Shuningdek, o‘rta osiyolik ziyoratchilarning haj safarlari davomida yo‘l, oziq-ovqat va tibbiy-sanitariya xizmatlariga doir muammolarini bartaraf etish maqsadida toshkentlik ishbilarmon Saidg‘ani Saidazimboev tomonidan 1908-1909 yillarda ilk bor qulay shart-sharoitlarga ega, xavfsiz safarlar tashkil etish bo‘yicha yangicha ziyorat loyihasi ishlab chiqilganiga hujjatlar, ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy arxivi muzeyi ekspozisiyalarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston milliy arxivining 2020 yil 4 dekabrdagi 01-26/489-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur katalog Milliy arxiv fondida saqlanayotgan Markaziy Osiyo tarixiga doir noyob arxiv hujjatlari hisobini yuritish va foydalanuvchilarga taqdim etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Kelgusida ushbu katalogning elektron shaklini arxiv saytiga joylashtirish rejalashtirilgan;
Istanbul, Bursa, Adana, Antakiya, Halab, Bag‘dod, Quddus, Qohira, Jidda, Makka va Madina shaharlarida o‘rta osiyoliklarning vaqf mablag‘lari hisobidan vatandosh hojilar uchun ta’sis etilgan 43 ta takya aniqlangani va ularning nafaqat o‘ziga xos musofirxona, balki Turkistondan borgan ziyoratchilarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatuvchi maskan vazifasini ham bajarganiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 7 dekabrdagi 02-40-1264-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ajdodlar moddiy -ma’naviy merosini o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish