Ravshanova Muxabbat Xusniddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq kon ishlari ob’ektlarida foydalanish maqsadida portlovchi bo‘lmagan yangi maydalovchi aralashmani ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1291.
Ilmiy rahbar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Raximov Diydor Vaxobovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ochiq kon ishlari ob’ektlarida qo‘llash uchun mahalliy xomashyodan tayyorlangan portlamay parchalovchi aralashmani qo‘llash orqali tog‘ jinslarini bo‘laklashning statik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shpurlar qatorida uzluksiz darzliklar hosil qilinishi orqali kon massividan blokni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ajralishining shakllanishini belgilab berish natijasida PMAni qo‘llashdagi shpurlar joylashuvining matematik modeli ishlab chiqilgan; 
PMAdan foydalanishdagi shpurlar qatorining intervali cheklangan oralig‘ining tog‘ jinslari massividan ravon ajraladigan bloklarni olinishiga imkon yaratishi isbotlangan;
PMAni qo‘llashda konturli shpurlar orasida samarali masofani o‘zgarishi shpur diametriga, shpur devoriga portlamay parchalovchi aralashma ta’siri ostida yuzaga keladigan siqilish kuchlanishiga, Puasson koeffisientiga, tog‘ jinslarini cho‘zilish mustahkamlik ko‘rsatgichiga va blokning devorlarini ma’lum miqdorda siljitish hamda uni ochish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha kuchlanishlarga  bog‘liqligi aniqlangan; 
PMA tarkibining optimallashtirilgan varianti tanlanib, uning maksimal kengayishi va gidrotatsiyasini tezlashtirish imkonini beruvchu turli qattiqlikdagi tog‘ jinslarini yorilishiga olib kelgan hamda qo‘llagandan so‘ng 5–8 soat davomida yuqori bosim hosil qilishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ochiq kon ishlari ob’ektlarida qo‘llash uchun PMA yangi tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyoning tarkibiy qismlaridan tayyorlangan PMAning yangi tarkibi «Navoimramor» XK va «G`ozg`on Rangli Marmar» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 15 martdagi 19/37-son ma’lumotnomasi). Natijada, noyob va qimmatbaho tarkibiy qismlarni importi o‘rnini almashtirish, muhandislik inshootlari va aholi punktlarining bevosita yaqinidagi tog‘ jinslarini xavfsiz tarzda parchalash, atrof-muhit uchun to‘liq xavfsizlikni ta’minlash imkonini bergan;
PMAni yangi tarkibidan foydalangan holda monolitlarni massivdan ajratish uchun ishlab chiqilgan usul «Navoimramor» XK va «G`ozg`on Rangli Marmar» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 15 martdagi 19/37-son ma’lumotnomasi). Natijada, bajariladigan ishlar mehnat unumdorligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, konchilik ishlari energiya sarfini va qazib olishning tannarxini kamaytirish hamda ularni olib borilishining xavfsizlik darajasini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish