Yusupov G‘ayrat Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘lomlashtiruvchi gimnastika vositalari orqali talaba yoshlarning jismoniy rivojlanishini korreksiyalash metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1491.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Red 28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Danieva Yarkin Chorievna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘lomlashtiruvchi gimnastika vositalari yordamida talaba-qizlarning jismoniy rivojlanish va salomatlik darajasini koreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning sog‘lomlashtiruvchi gimnastika mashg‘ulotlari asosida «klassik aerobika»dan «fitnes aerobika» mashg‘ulotlarining organizm funksional holatiga ta’sir etish ko‘rsatkichlari salomatlikni tiklashda (korreksiyalashda) samaradorligi aniqlangan;
oliy ta’lim muassalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanish darajasida sog‘lomlashtiruvchi gimnastika vositalarini tizimlashtirish asosida fitnes aerobika mashg‘ulotlarni mazmuni (mashqlar orasidagi dam olish oraliqlari, qaysi mashqni qaysi shiddatda bajarishi) va xususiyatlari organizmni toliqish va qayta tiklanish vaqtini o‘zgarishi hisobiga optimallashtirilgan;
talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanish va salomatlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar asosida tezkor axborot olish imkoniyatini beruvchi ekspress baholashning (jismoniy tayyorgarligi va funksional ko‘rsatkichlarini uyg‘unlashtirgan) yangi shkalasi (testlar va o‘lchov birligida) ishlab chiqilgan;
talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanishi va salomatlik darajasini koreksiyalash asosida shug‘ullanuvchilarni imkoniyatlaridan kelib chiqib fitnes aerobika mashg‘ulotlar dasturi sinxronlashtirilgan elementlarni kombinatsiyalash hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sport Talaba yoshlarni gimnastika vositalari orqali sog‘lomlashtirish uslubiyatini ishlab chiqishga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
talaba-yoshlarni jismoniy rivojlanish darajasini oshirish hamda jismoniy salomatligi holatini korreksiya qilish bo‘yicha fitnes- aerobikaga asoslangan sog‘lomlashtiruvchi takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (gimnastika)” nomli darslik nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan 434-296 raqamli guvoxnomasi). Natijada talaba yoshlarning salomatlik ko‘rsatkichlarida gimnastika vositalari orqali bosqichma-bosqich o‘zlashtirish uchun zamin yaratilgan va talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanish, funksional holati 16-18% yaxshilangan;
fitnes aerobika mashg‘ulotlarni mazmuni va xususiyatlari organizmni toliqish va qayta tiklanish vaqtini o‘zgarishi hisobiga optimallashtirilib, taklif va tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (gimnastika)” nomli darslik chop etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan 434-296 raqamli guvoxnomasi). Natijada talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash samaradorligi 14% oshgan;
talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanish va salomatlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar asosida ekspress baholashning yangi shkalasi yordamida tezkor axborot olish imkoniyati bo‘yicha uslubiy tavsiyalar Urganch davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent arxitektura va qurilish institutida tahsil oluvchi talaba yoshlarni jismoniy rivojlantirish va sog‘lomlashtirish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 89-03-2572 son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlar qo‘llarining mushak kuchi 7,7%ga oshgan;
talaba-yoshlarning fitnes aerobika mashg‘ulotlarini o‘tkazish va uni tashkil etishda jismoniy rivojlanish va salomatlik darajasini koreksiyalash dasturini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asosida “Sport pedagogik mahoratini oshirish (gimnastika)” nomli darslik nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan 434-296 raqamli guvoxnomasi). Natijada tadqiqot guruhlaridagi talaba-qizlarda tana vazn indeksi kamayishi (6.18%), kuch sifatlarini 14.02%, tezlik-kuch sifatini 11.4% ga, egiluvchanlik sifatini 4.1% ga o‘sishi kuzatilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish