Mamatqulov Xurshid Abdurashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Xorijiy tillar bo‘yicha harbiy pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Ped834.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtier Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudov Abduxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy tillar bo‘yicha harbiy pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy pedagoglarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi ichki (ta’lim jarayonida) va tashqi (yakuniy) baholash monitoringi tinglovchilarning statistik qatorlarda ifodalangan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari taqsimotini Pirson mezoniga tenglashtirish orqali takomillashtirilgan;
harbiy pedagoglarning axborot-metodik ta’minot resurslaridan foydalanib xorijiy tillar bo‘yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asoslangan mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil etishning besh bosqichi (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rtadan yuqori, yuqori va eng yuqori darajalarga ega bo‘lish) pedagoglar malaka oshirishining muqobil usuli sifatida taklif etilgan;
harbiy pedagoglarning xorijiy tillar bo‘yicha sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantiruvchi motivatsion, intellektual va emotsional aspektlarining ularning kasbiy kompetensiyasiga integratsiyasining samaradorligi refleksiv o‘quv resurslarini optimallashtirish orqali isbotlangan;
harbiy pedagoglarning xorijiy tillar bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarga sotsiolingvistik kompetensiya nuqtai nazardan differensial yondashuv asosida bosqichma-bosqich V1, V1+ bilim daraja ko‘rsatkichlarini V2 daraja bilan birgalikda qo‘llashning samaradorligi asoslangan;
nazorat va tajriba guruhlari tinglovchilarining ingliz tilini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovut (7,2%) nianiqlash orqali tinglovchilarning xorijiy tillar bo‘yicha kasbiy kompetentligini oshirishda mustaqil ta’limning samaradorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorijiy tillar bo‘yicha harbiy pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
harbiy pedagoglarning xorijiy tillar bo‘yicha mustaqil ta’lim olish (self-learning) imkoniyati hamda o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini onlayn baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-son «O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovasi, «Rahbar va pedagogik tarkiblar tayyorgarligi va malakasini oshirish» bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligining 2019 yil 18 dekabrdagi 18/12-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy ta’lim muassasalari uchun xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv ishlab chiqilgan o‘quv reja va fan dasturi, o‘quv-uslubiy resurslar harbiy ta’lim muassasalari pedagogik kadrlari malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
harbiy pedagoglarning xorijiy tillarni masofaviy ta’lim texnologiyalari yordamida o‘zlashtirish darajasini baholash tartibi boshlang‘ich (elementary), o‘rta (intermediate), o‘rtadan yuqori (upper-intermediate) va yuqori (advanced) darajalarda bosqichma-bosqich qo‘llash bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabr` 797-son «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2-ilovasiga doir me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2034-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini sifatli tashkil etishga erishilgan;
harbiy pedagoglarning xorijiy tillar bo‘yicha sotsiolingvistik kompetensiyasini oshirishda ularning motivatsion (motivation), intellektual (intellectual) va emotsional-irodaviy (emotional) salohiyatini kasbiy kompetensiyasiga integratsiya qilish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 dekabr` 351-son «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 1-ilovasiga doir me’yoriy hujjatlarni tayyorlanishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2034-son ma’lumotnomasi). Natijada takliflar oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va boshqaruv kadrlarining kasbiy mahorat va malakasini oshirishga xizmat qilgan;
harbiy pedagoglarning xorijiy tillar bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarga sotsiolingvistik kompetensiya nuqtai nazardan differension (tabaqali) yondashgan holda V2 daraja ko‘rsatkichi bilan birgalikda V1, V1+ daraja ko‘rsatkichlarini qo‘llashning asoslangan takliflari harbiy ta’lim muassasalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligining 2019 yil 18 dekabrdagi 18/12-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy oliy ta’lim muassasalarida «Amaliy xorijiy til» kursi bo‘yicha ta’lim jarayoni sifatini oshirishga erishilgan;
ta’limning har bir bosqichi uchun ishlab chiqilgan mezonlar asosida takomillashtirilgan harbiy pedagoglarning xorijiy tillarni bilish darajasini ichki va tashqi baholash mexanizmlari “mentorlik” metodik tizimini qo‘llash bo‘yicha takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 17 iyuldagi 281-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarining mutaxassisligi chet tili bo‘lmagan professor-o‘qituvchilarini chet (ingliz, nemis, fransuz, va ispan) tillari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish minimal talablari»ni tayyorlanishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 89-03-2034-son ma’lumotnomasi). Natijada takliflarning joriy qilinishi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining chet til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.