Yakubbaev Murodilla Marufovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishning etnopedagogik asoslarini takomillashtirish (nofilolog ta’lim yo‘nalishlari misolida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1317.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Kadirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishning etnopedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
refleksivlik, mas’uliyat hissi, moslashuvchanlik, o‘z-o‘ziga ishonch, empatiya kabi tolerantlikning ko‘rsatkichlari kognitiv, hissiy-emotsional, xulq-atvorga doir komponentlar bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasi optimalligini hisobga olish asosida talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishning tuzilmasi takomillashtirilgan;
chet tillarni o‘qitishda tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan boshqa milliy madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, muammoli vaziyatlarni yaratishga doir sub’ektlar universal harakatlarining taksonomik namoyon bo‘lishi takroriyligini ta’minlash orqali etnopedagogik materiallar asosida talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirish algoritmi takomillashtirilgan;
mintaqaviy geografik materiallar, turli madaniyat vakiliga munosabatni tavsiflovchi topshiriqlar, mashqlar, dialogik munosabat va kommunikativ xatti-harakatlarni ifoda etuvchi vaziyatlarni muloqot madaniyati tizimi bilan ichki integratsiyasini hisobga olish asosida talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirish jarayonlari modelining mazmunga doir komponenti takomillashtirilgan;
shaxslararo muloqotda millatlararo tolerantlikning namoyon bo‘lishi, tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati elementlarini ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil tanlash va o‘zlashtirish bo‘yicha qulay ta’limiy muhit barqarorligini ta’minlash asosida talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishning etnopedagogik shartlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida millatlararo tolerantlikni rivojlantirishning etnopedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
refleksivlik, mas’uliyat hissi, moslashuvchanlik, o‘z-o‘ziga ishonch, empatiya kabi tolerantlikning ko‘rsatkichlarini kognitiv, hissiy-emotsional, xulq-atvorga doir komponentlar bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasi optimalligini hisobga olish asosida talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishning tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 noyabrdagi 89-03-4446-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishga oid fanlararo va xususiy kompetensiyalar tizimi takomillashtirilgan;
chet tillarni o‘qitishda tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan boshqa milliy madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, etnopedagogik materiallar asosida talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirish algoritmi takomillashtirish, mintaqaviy geografik materiallar, turli madaniyat vakiliga munosabatni tavsiflovchi topshiriqlar, mashqlar, dialogik munosabat va kommunikativ xatti-harakatlarni ifoda etuvchi vaziyatlarni muloqot madaniyati tizimi bilan ichki integratsiyasini hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223. “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 noyabrdagi 89-03-4446-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishga doir etnopedagogik tavsifdagi o‘quv materiallari orqali chet tillarni o‘qitish jarayonlari samaradorligi oshirishiga xizmat qilgan;
shaxslararo muloqotda millatlararo tolerantlikning namoyon bo‘lishi, tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati elementlarini ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil tanlash va o‘zlashtirish bo‘yicha qulay ta’limiy muhit barqarorligini ta’minlash asosida talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirishning etnopedagogik shartlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE. “O‘zbekis-ton oliy ta’limi jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish” (2015-2018 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 noyabrdagi 89-03-4446-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda millatlararo tolerantlikni rivojlantirish jarayonlariga lingvomadaniy yondashuvni tatbiq etish mexanizmlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish