Maqsudov Ulug‘bek Qurbonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xalq og‘zaki ijodi vositasida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped762. 
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxatoy G‘aybullaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xalq og‘zaki ijodi vositasida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish strukturasi emotsional-irodaviy, motivatsion, kognitiv komponentlarning o‘quv-bilish, aqliy, axloqiy, estetik faoliyat bilan gorizontal va vertikal aloqalarining shaxsiy sifatlar bilan ichki integrallashuv darajasini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
xalq og‘zaki ijodining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlari (o‘zini-o‘zi erkin namoyon etish, o‘zini-o‘zi rivojlantirishga intilish, madaniy merosga qadriyatli munosabatning namoyon bo‘lish jarayonlari) barqarorligini asoslash orqali aniqlangan;
ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish modelini joriy etish algoritmi maqsadli, tashkiliy-mazmunli, funksional, diagnostik-natijali blok tarkibiy qismlarining dars va darsdan tashqari faoliyatda qayta aloqaga kirishuvini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik tizimi individual, guruhiy, jamoaviy ish shakllarining o‘zini-o‘zi boshqarish jarayoniga samarali ta’sir vositasi sifatida pedagogik muloqot bilan identivligi ijtimoiy persepsiyasiga (boshqalarni idrok etish) bevosita bog‘liqligini asoslash orqali takomillashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xalq og‘zaki ijodi vositasida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish strukturasi emotsional-irodaviy, motivatsion, kognitiv komponentlarning o‘quv-bilish, aqliy, axloqiy, estetik faoliyat bilan gorizontal va vertikal aloqalarining shaxsiy sifatlar bilan ichki integrallashuv darajasini hisobga olishga doir takliflardan boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 5 avgustdagi 01/11-02/2-810-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faol fuqaro kompetensiyasini shakllantirishga qo‘yiladigan talablar takomillashtirilgan;
xalq og‘zaki ijodining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, xalq og‘zaki ijodi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish modelini joriy etish algoritmini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223. “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2895-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik tizimi individual, guruhiy, jamoaviy ish shakllarining o‘zini-o‘zi boshqarish jarayoniga samarali ta’sir vositasi sifatida pedagogik muloqot bilan identivligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy havfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2895-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish orqali shaxsiy axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini tarkib toptirish shakllari takomillashtirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish