Mustafakulov Muhammad Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetning patogenezida oksidlanish stressi va uni o‘simliklardan olingan antioksidant vositalari yordamida rasolash», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V291.
Ilmiy rahbar: Saatov Tal`at Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Mirxamidova Parida, biologiya fanlari doktori, professor; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetda oksidlanish stress jarayoni va uni o‘simliklardan olingan antioksidantlar yordamida rasolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
euforbin-1, euforbin-2 va gossitan polifenollarining antioksidantlik xususiyatlari hamda giperglikemiya holatida glyukoza miqdorini pasaytirish xossasi isbotlangan;
euforbin-1, euforbin-2 va gossitan preparatlarning diabet modelidagi hayvonlar oshqozon osti bezi β-hujayralaridagi LPO hamda AOHT orasidagi muvozanatni tiklashi aniqlangan;
eksperimental diabetda lipidlar almashinuvi ko‘rsatkichlari va polifenollarning bu jarayonlarga korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
diabet sharoitida neyrodegenerativ kasalliklarning kelib chiqishida kversetin preparati kognitiv funksiyalarni kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabetning patogenezida oksidlanish stressi va uni o‘simliklardan olingan antioksidant vositalari yordamida rasolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polifenollarning antioksidantlik va antidiabetik xususiyatlari PZ-2017092050 raqamli «Diabetga qarshi samarali dori vositasi yaratish» mavzusidagi loyihada ayrim polifenollar va ular hosilalarining biologik ta’sirini oydinlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 30 iyuldagi 4/1255-1352-son ma’lumotnomasi). Natijada, Euphorbiaceae oilasiga kiruvchi ayrim o‘simliklar polifenollari va tanninlarini antioksidant faolligi aniqlashda hamda jigar va muskul to‘qimalarida glyukozani geksokinaza/glyukokinaza fermentlari utilizatsiya qilishi imkonni bergan;
polifenol birikmalarning jigar to‘qimasi hujayralariga ta’sir mexanizmlari
FA-F5-T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» mavzusidagi loyiha doirasida polifenollar kalamush jigari mitoxondriyasining disfunksiyasiga korreksiyalovchi ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 30 iyuldagi 4/1255-1363-son ma’lumotnomasi). Natijada, gossitan polifenoli diabet modelida mPTP yuqori o‘tkazuvchanligini ingibirlashi va ion transport tizimlari buzilishlarini korreksiya qilish imkonini bergan.