Tleuniyazova Gulmira Bayniyazovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi qoraqalpoq lirikasida kompozision izlanishlar (1990-2010 yillar)», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil44.
Ilmiy rahbar: Orazimbetov Quuanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc/PhD.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy kompozisiya borasidagi muayyan ilmiy-nazariy qarashlarni umumlashtirish asosida hozirgi qoraqalpoq lirikasidagi kompozision izlanishlarni aniqlash va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy kompozisiyaning lirik asarlarda takomillashuvi,boshqa adabiy tur asarlar kompozisiyasi bilan tipologiyasi, lirik kompozisiyaning ichki birliklari, poetik qonuniyatlari aniqlangan;
lirik asarlarda obrazlar sistemasi, motivlar, makon va zamon, konflikt va so‘z tiplarining kompozisiya sathidagi xossalari ushbu turning spesifik xususiyatlari nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan;
mazmunni poetik ifodalashning an’anaviy va uch qismli tuzilishi hamda she’rning tashqi kompozisiyasining shakllanish xususiyatlari yoritilgan;
qoraqalpoq shoirlarining lirik asar kompozisiyasida takror, yonma-yon qo‘yish, qarama-qarshi qo‘yish, kuchaytish, montaj usullarini va ochiq, xalqali, zanjirli, burama, amebey, oynaband tiplarini qo‘llanish mahorati ochib berilgan hamda muallif ijodiy individualligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi qoraqalpoq lirikasidagi kompozision izlanishlar tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
lirik asar kompozisiyasining spesifikasi, xususan, obrazlar sistemasi, band tizimi, qofiya, sarlavha bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq qilish» (2012-2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 1 dekabrdagi 259/1-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq lirikasining kompozision xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha dissertatsiyadagi nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar unda asosiy manba sifatida qo‘llanilgan;
qoraqalpoq shoirlarining badiiy kompozision shakllarini qo‘llashga doir ilmiy-nazariy xulosalari shoir uslubi bo‘yicha olingan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan M. 1-12 raqamli «XX asr qoraqalpoq she’riyati antologiyasini mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan nashrga tayyorlash (2 jild)» (2012-2013) amaliy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 1 dekabrdagi 260/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqolpoq lirikasini mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan o‘rganishda dissertatsiya materiallari muhim asos bo‘lgan;
lirik asar kompozisiyasini tanlashdagi muallif individualligi, janrlar kompozisiyasi va poetik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Qayirli taң», «Әdebiy portret» eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokomponiyasining 2020 yil 16 oktyabrdagi 01-02/197 son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar keng xalq ommasining badiiy adabiyotga qiziqishini yanada kuchaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini o‘stirishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq shoirlarining lirik asar kompozisiyasini qurishdagi izlanishlari, she’r sarlavhasi poetikasi va uning badiiy yaxlitlikdagi ahamiyati masalalari Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar seminarlarida ma’ruza sifatida joriylangan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 17 avgustdagi 54 son ma’lumotnomasi). Natijada yosh shoirlarning lirik asar kompozisiyasini qurishdagi badiiy mahorati takomillashtirilgan.