Kunnazarova Sholpanay Maxsetbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalq ertaklarining leksik-semantik va lingvomadaniy tahlili» 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil719.
Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc/PhD.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkarim Sarsenbaevich filologiya fanlari doktori, professor; Dilanov Bekmurza Gulimbetovich filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq ertaklari tilining leksik-semantik xususiyatlarini aniqlash, ertaklar tilidagi xalqning urf-odat va an’analarini lingvomadaniy tahlil qilishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq xalq ertaklari tili maxsus lingvistik yo‘nalishda keng o‘rganilib, ertaklar tilining lug‘at tarkibi aniqlangan, so‘zlar mavzuviy guruhlarga ajratilgan va ma’no xususiyatlari ochib berilgan; 
ertaklar tilining geneologik qatlamlari - umumturkiy,  arab, fors-tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlar aniqlangan va leksik qatlamlarning tarixiy-etimologik asosi milliy an’analarga borib taqalishi isbotlangan;
ertaklarning badiiyligini ta’minlagan paradigmatik munosabatdagi so‘zlar - antonim, omonim, sinonim va ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’no xususiyatlari ochib berilgan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra kam qo‘llanadigan va qo‘llanish doirasiga ko‘ra funksional-chegaralangan leksikada dialektal, kasbiy so‘zlar, tabu va evfemizmlar aniqlangan;
ertaklar tilidagi olamning lisoniy kartinasi, qoraqalpoq xalqiga xos ob’ektiv dunyoni ko‘rish, sezish va qabul qilishdagi milliy mentalitetga xos metaforizatsiya hodisasi aniqlangan, ertaklar leksikasidagi etnografizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Qoraqalpoq xalq ertaklarini leksik-semantik va lingvomadaniy jihatdan tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq ertaklari tilidagi leksemalar va sememalar, o‘zlashgan qatlam birliklari bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-A1-G003-raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihada  foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 2 sentyabrdagi 162/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar qoraqalpoq tilining lug‘at fondini sistem tahlil qilish va uning leksik, semantik va funksional` xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
qoraqalpoq xalq ertaklari tilining leksik-semantik xususiyati va lingvomadaniy tahlili, paradigmatik munosabatdagi so‘zlarning ma’no xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Adabiyot bo‘stoni», «Adabiyot va davr», «Me’ros» eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 sentyabrdagi 01-02/167-son ma’lumotnomasi).  Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan;
qoraqalpoq xalq ertaklari leksik tarkibining etimologiyasini qiyosiy-tarixiy tadqiq qilish orqali olingan xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida fol`klorlik adabiy meroslar bo‘yicha tashkil etilgan ekspozisiyalarni mazmunan boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirining 2020 yil 3 sentyabrdagi 2-04/1062-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ertaklaridagi eskirgan so‘zlar, maishiy turmushidagi kasbiy leksika va etnografizmlarning mental xususiyatlarini ochib berish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish