Ktaybekova Zulfiya Kengesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davri qoraqalpoq hikoyalarining poetikasi», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil302.
Ilmiy rahbar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc/PhD. 03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mambetova Mehribanu Kamalovna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davridagi qoraqalpoq hikoyalarining g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari, syujet tuzishdagi izlanishlari, badiiy til xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq adabiyotida istiqlol davri hikoyachiligining g‘oyaviy-tematik, janr xususiyatlari, xarakter va konflikt yaratishdagi badiiy izlanishlari ochib berilgan;
istiqlol davri qoraqalpoq hikoyashunosligida xronikal syujet, konsentrik syujet va retrospektiv syujet strukturasi xususiyatlari aniqlangan;
qoraqalpoq hikoyalarida o‘z shaxsiy fikri, so‘z erkinligiga ega bo‘lgan yangi davr inson qiyofasi, ongining shakllanish va rivojlanishi istiqlol davriga xos o‘zgarishi aniqlangan, badiiy psixologik xarakterga ega qahramonlarning yuzaga kelishi ilmiy dalillangan;
hozirgi zamon hikoyachiligidagi asosiy g‘oyaviy yo‘nalishlari, shakliy va uslubiy, poetik xususiyatlari, badiiy tasvirlashning o‘ziga xosligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
hikoya janrida badiiy vositalar epitet, o‘xshatish, metafora va ramz, muallif va hikoyanavis obrazi, lirik vaziyat va badiiy detalning funksional xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik davri qoraqalpoq hikoyalarining poetikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq yozuvchilarining hikoyalari, hikoya yaratishdagi badiiy mahorati, syujet qurish strukturasi va poetikasi bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» hamda FA-F-1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihalarida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 11 noyabr`dagi 238/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar hikoya janrining nazariy tavsif va tamoyillarini yoritishda hamda asar badiiyatining ifodalanishi masalalarini talqin qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarni amalga oshirishga asos bo‘lgan;
istiqlol davridagi hikoya janri rivojining asosiy tendensiyalari, qoraqalpoq yozuvchilarining hikoya yaratish mahorati, hikoyalarning g‘oyaviy-tematik, janr xususiyatlari, xarakter va konflikt yaratish masalalari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va Madaniyati davlat muzeyida qoraqalpoq adiblari hayoti va adabiy meroslari bo‘yicha tashkil etilgan ekspozisiyalarni mazmunan boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va Madaniyati davlat muzeyining 2020 yil 10 noyabr`dagi 209-son ma’lumotnomasi). Natijada qator qoraqalpoq yozuvchilarining adabiy muhitdagi o‘rni, hikoya janrining asosiy tendensiyalari, hikoya yaratishdagi badiiy mahorat, milliy qahramon obrazining kamil inson tarbiyasidagi roli va ahamiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot materialidagi qoraqalpoq hikoyalarining bugungi adabiyotdagi o‘rni va xizmati to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Adabiyot bo‘stoni», «Adabiyot va davr», «Meros», «Adabiy portret» madaniy-ma’rifiy eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2020 yil 12 noyabr`dagi 01-02/222-son ma’lumotnomasi). Natijada, teledastur va radioeshittirishlarning ilmiy ma’lumotlarga boy bo‘lishi va yozuvchilar ijodining keng targ‘ib etilishi ta’minlangan.