Bayniyazova Tazagul Qirqbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq adabiyotshunosligining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.3.PhD/Fil265.
Ilmiy rahbari: Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc/PhD.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Nurjanov Perdebay Erjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bekbergenova Mariya Dosbergenovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy adabiyot bo‘yicha fundamental izlanishlar asosida qoraqalpoq adabiyotshunosligining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalarini, ilmiy tafakkurning tadriji xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy va metodologik negizlari tipologik jihatdan asosiy tarixiy-adabiy davrlar kontekstida ochib berilgan;
qoraqalpoq adabiyotshunosligining asosiy manbalari masalasini milliy estetik didning ilmiy-nazariy bilimlar tadrijidagi xizmati bilan bog‘liqlikda aniqlangan;
milliy nasr va she’riyat bo‘yicha qoraqalpoq adabiyotshunosligida olib borilgan muayyan tadqiqotlar asosida ilmiy tafakkurning tadriji isbotlangan;
jahon adabiyotshunosligida badiiy adabiyot materialini o‘rganishdagi yetakchi metodlarni nazarda tutgan holda qoraqalpoq adabiyotshunosligining hozirgi holati tadqiq kilinib, istiqbolli tadqiqotlar yo‘nalishlari va ularni bajarishdagi maqsad va vazifalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi.
Qoraqalpoq adabiyotshunosligining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq adabiyotshunosligida adabiy-ilmiy aloqalarga, xususan adabiyotlarning meroslilik munosabati, og‘zaki va yozma nasrning aloqadorligiga oid ilmiy-nazariy xulosalar I1-FA-0-14244 «Qoraqalpoq xalq prozasining ilgari chop etilmagan namunalarini nashrga tayyorlash va chop etish (100 jildlik «Qoraqalpoq fol`klori» to‘plami bo‘yicha)» (2014-2015 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 14 sentyabrdagi 17.01/94-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari qoraqalpoq xalq prozasining ilgari chop etilmagan namunalarini nashrga tayyorlashda va chop etishda asos bo‘lgan;
qoraqalpoq adabiyotshunosligida ilmiy tafakkurning tadrijiga, xususan yozuvchining o‘z ustida ishlash usullariga oid ilmiy xulosalar ijodkorlarning amaliy seminarlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 26 avgustdagi №56-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiyoti va badiiy ijodiyotga doir ilmiy-nazariy qarashlar asosida yosh yozuvchilarning ijodiy mahorati takomillashtirilgan;
qoraqalpoq adabiyotshunosligida nasr va she’riyatga doir tadqiqotlarda inson tafakkuri va jamiyatdagi qarashlar aks ettirilishiga oid dissertatsiyada keltirilgan xulosalardan «Qaraqalpaqstan» radiokanalining «Әdebiyat hәm dәo‘ir» (Adabiyot va davr) eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 16 oktyabrdagi 01-02/196-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar keng ommasining badiiy adabiyotga qiziquvchanligini orttirishga va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilgan.