Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i nomi): «Maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped111.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aleulov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Shadiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish bo‘yicha nazariy-amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy hunarmandchilik namunalari (kashtachilik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, zardo‘zlik, zargarlik, kandakorlik va h.k.)ning tadrijiy-tarbiyaviy shakllanishi mazmuni yuksak ma’naviyatli o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda, tarixiylik, qomusiy-psixologik hamda milliy hunarmandchilikka oid maktab o‘quvchilarini ijtimoiy hayotga kasbiy tayyorlashda qo‘llanilgan meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarni milliy hunarmandchilik namunalari vositasida psixologik-ma’naviy tarbiyalash xususiyatlari milliy hunarmandchilik namunalari turlarining integrativ xossalari (ijodiy, hisciy-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari)ga ko‘ra takomillashtirilgan;
milliy hunarmandchilik namunalari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-kasbiy tarbiyalash tizimi komponentlari (aksiologik, qadriyatli, tizimli-faoliyatli, rivojlantiruvchi) va tayanch kompetensiyalari (bilish, o‘rganish, axborot, kommunikativ) mazmuni “Sinkveyn”, “Art-texnologiya”, “Event” texnologiyalari vositasida improvizatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-kasbiy tarbiyalash mazmuni va shakli (yoshi, individual psixologik, fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda), usullari va vositalari milliy hunarmandchilik namunalarini tarbiya jarayoniga faol kiritish negizida muvofiqlashtirilgan holda metodik jihatdan yaxlit  tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning ma’naviy-kasbiy sifatlarini takomillashtirishda milliy hunarmandchilik namunalari, jumladan kashtachilik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, zardo‘zlik, zargarlik va kandakorlik xunarmandchiligi asos omillardan biri ekanligi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maktabda texnologogiya fanini o‘qitish jarayonida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
milliy hunarmandchilik namunalari (kashtachilik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, zardo‘zlik, zargarlik, kandakorlik va h.k.)ning tadrijiy-tarbiyaviy shakllanishi mazmuni yuksak ma’naviyatli o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda, tarixiylik, qomusiy-psixologik hamda milliy hunarmandchilikka oid maktab o‘quvchilarini ijtimoiy hayotga kasbiy tayyorlashda qo‘llanilgan meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining  2020 yil 26 iyundagi 01/11-03/9-620-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar DTS 2017-2018 o‘quv yilida amaliyotga joriy etilgan “Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” hamda “O‘zbek milliy  hunarmandchiligining shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi”, “O‘zbek milliy hunarmandchiligida innovatsion jarayonlar”, “O‘zbek milliy hunarmandchiligining spektral-variativ komponentlari”, “Texnologiya fanini o‘qitish samaradoruligini oshirish yo‘llari”, “Maktab o‘quvchilarini texnologiya ta’limida milliy o‘zbek hunarmandchiligining spektral-variativ komponentlari bilan tanishtirishda fanlar integratsiyasi”, “Maktab texnologiya ta’limida milliy o‘zbek hunarmandchiligining spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish”, “Maktab texnologiya ta’limida milliy kashtachilikni o‘rganish” nomli yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratilishiga asos bo‘lgan;
o‘quvchilarni milliy hunarmandchilik namunalari vositasida psixologik-ma’naviy tarbiyalash xususiyatlari milliy hunarmandchilik namunalari turlarining integrativ xossalari (ijodiy, hisciy-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari)ga ko‘ra takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun “Texnologiya” fani V-IX sinf darsliklari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi 89-03-1128-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari o‘quvchilarda hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish hamda texnologiya fanini o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
milliy hunarmandchilik namunalari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-kasbiy tarbiyalash tizimi komponentlari (aksiologik, qadriyatli, tizimli-faoliyatli, rivojlantiruvchi) va tayanch kompetensiyalari (bilish, o‘rganish, axborot, kommunikativ) mazmuni “Sinkveyn”, “Art-texnologiya”, “Event” texnologiyalari vositasida improvizatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan o‘quv faoliyatini jadallashtiruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalariga oid taklif va tavsiyalardan №PZ-2016-091/2232947 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishni takomillashtirish texnologiyalari  mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2017-2018 yy.) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi 89-03-1128-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar umumta’lim tizimida tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishni takomillashtirishning amaliyotga joriy etilishiga metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-kasbiy tarbiyalash mazmuni va shakli (yoshi, individual psixologik, fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda), usullari va vositalari milliy hunarmandchilik namunalarini tarbiya jarayoniga faol kiritish negizida muvofiqlashtirilgan holda metodik jihatdan ishlab chiqilgan yaxlit tizim takliflaridan “Texnologiya” fanidan V-IX sinf darsliklarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi 89-03-1128-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari bitiruvchilari DTS talablari darajasidagi didaktik va tarqatma materiallar bilan tanishish va oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish