Babasheva Gulzavira Bektemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning didaktik tizimi (Qoraqalpog‘iston maktablari misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4./PhD1741.
Ilmiy rahbar: [Jumanazar Bazarbaev], falsafa fanlari doktori, akademik, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari intellektual faoliyatning kognitivlik darajasi intensivligi mnemonik faoliyat, fikrlash va semantik xotiraning o‘zaro aloqadorligiga bevosita bog‘liqligini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning korreksion bosqichi o‘quv topshiriqlarini ketma-ket bajarish jarayonida yuzaga keladigan intellektual qiyinchiliklarni yuqori darajadagi qiziquvchanlik va empatiya uyg‘unligida bartaraf etish mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonlar o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv-baholovchi bosqichlarida jamoaviy va guruhiy birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning individual natijalarga ta’siri produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning interfaol tizimi grammatik o‘yinlar, lug‘at va matn ustida ishlash, Gardnerning intellekt turfaligi nazariyasi, Blum kubigi bo‘yicha amaliy topshiriqlarni nostandart darslarda adaptiv qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, intellektual faoliyatning kognitivlik darajasi intensivligi mnemonik faoliyat, fikrlash va semantik xotiraning o‘zaro aloqadorligiga bevosita bog‘liqligini asoslashga doir takliflardan “Tarbiya” fani Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 16 dekabrdagi 01/11-03/03-1516-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kognitiv-axloqiy kompetensiyani shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning korreksion bosqichini takomillashtrish, o‘quv topshiriqlarini ketma-ket bajarish jarayonida yuzaga keladigan intellektual qiyinchiliklarni bartaraf etish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonlarni tashkil etishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 14 dekabrdagi 316-sonli buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 16 dekabrdagi 01/11-03/03-1516-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘iya sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning interfaol tizimini grammatik o‘yinlar, lug‘at va matn ustida ishlash, Gardnerning intellekt turfaligi nazariyasi, Blum kubigi bo‘yicha amaliy topshiriqlarni nostandart darslarda adaptiv qo‘llash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 oktyabrdagi 89-03-4073-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-bilish, ijtimoiy va axloqiy motivlarning uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan.