Shamuratova El`za Saparbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq oilasida islom qadriyatlarini shakllantirishning pedagogik asoslari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped503.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Salimaxon Rustamiy, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq oilasida islom qadriyatlariga asoslangan tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik asoslari, shakl, metod va vositalarini aniqlashtirish, ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada islomiy qadriyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy strategiyasi mazmuni ota-onalarni pedagogik menejmentga tayyorlashda pedagogik tamoyillar (tizimlilik va izchillik, uzviylik va uzluksizlik, umumiylik va yaxlitlik kabi) hamda diniy e’tiqodga doir konseptual qarashlar (tarbiyaviy shartlar va ta’minot, bilimlar majmui, tashkillashtirish va loyihalash, vazifalar va omillar) uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq oilalarida islom qadriyatlarini shakllantirishning institusional va funksional tizimlari Islomda tarbiyaviy g‘oyalarning pedagogik-psixologik va diniy-ma’naviy asoslarga ko‘ra ajratilgan manbalari (bosh manbalar va yordamchi manbalar) tuzilmasi va mazmunini belgilash asosida ishlab chiqilgan;
diniy-ma’naviy va diniy-dunyoviy tarbiya jarayonlariga islom qadriyatlarining (diniy, ma’naviy, ijtimoiy, kundalik, maishiy) ta’siri akmeologik, aksiologik va didaktik asoslarga oid refleksiv harakatlar (e’tiqod va ishonch, diqqat, baholash, bajarish, qo‘llash, o‘z ustida ishlash, sadoqat) tarkibini kiritish asosida ochib berilgan;
ta’lim-tarbiya jarayonlarida islom qadriyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik ta’minot pedagogik yondashuv formulasi (<<komillik va hayotiy pozisiya>> = << shaxs + e’tiqod + bilim + ko‘nikma + malaka) talablariga ko‘ra sub’ektlar faoliyati bosqichlarini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq oilasida islom qadriyatlarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oilada islomiy qadriyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy strategiyasi mazmuni, ota-onalarni pedagogik menejmentga tayyorlashda pedagogik tamoyillar (tizimlilik va izchillik, uzviylik va uzluksizlik, umumiylik va yaxlitlik kabi) hamda diniy e’tiqodga doir konseptual qarashlar (tarbiyaviy shartlar va ta’minot, bilimlar majmui, tashkillashtirish va loyihalash, vazifalar va omillar)ga oid takliflaridan “Kattagar”, “Aral”, Tazg‘ara” mahallarida oilalar bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishda va amalga oshirishda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2019 yil 12 sentyabrdagi 01-01/321-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oilalarda tarbiya jarayonlarini tizimli tashkil etish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’ulliyatlariga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish ishlari takomillashgan;
diniy-ma’naviy va diniy-dunyoviy tarbiya jarayonlariga islom qadriyatlarining (diniy, ma’naviy, ijtimoiy, kundalik, maishiy) ta’siri, akmeologik, aksiologik va didaktik asoslarga oid refleksiv harakatlar (e’tiqod va ishonch, diqqat, baholash, bajarish, qo‘llash, o‘z ustida ishlash, sadoqat) tarkibiga oid takliflaridan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1150-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni sifatini oshirish, oilalar funksiyalari va faoliyat maqsadlariga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
qoraqalpoq oilalarida islom qadriyatlarini shakllantirishning institusional va funksional tizimlari, Islomda tarbiyaviy g‘oyalarning pedagogik-psixologik va diniy-ma’naviy asoslarga ko‘ra ajratilgan manbalari (bosh manbalar va yordamchi manbalar), islom qadriyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik ta’minot, pedagogik yondashuv formulasi talablariga ko‘ra sub’ektlar faoliyati bosqichlariga oid takliflari Toshkent davlat pedagogika universitetida 2014-2015 yillarda bajarilgan IOT-2014-1-11 raqamli “Yoshlarda yuksak ma’naviy – axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida mul’timediya o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1150-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 2021 yil 15 fevraldagi 447-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ota-onalar va yoshlarda islom qadriyatlarining o‘rni, ular mazmuni, Sharq allomalarining qarashlari, islom arkonlariga doir turg‘un shaxsiy-emotsional munosabat va insoniy fazilatlarni shakllantirishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.