Il`yasova Zuxra Kenesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida informatikani o‘qitish metodikasini takomillashtirishning innovatsion texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped615.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isaqulovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instiuti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ashirova Anorgul Ismoilovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida innovatsion texnologiyalar asosida informatikani o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatika fanini o‘qitish jarayoni tuzilmasi kredit-modul tizimining mobillik va moslashuvchanlik tamoyillari asosida o‘quv materiallarini katta bloklarda strukturalashtirishga qo‘yiladigan didaktik talablarni informatika ta’limi bilan bevosita identivlik darajasini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
informatika fanini o‘qitishning metodik shartlari ta’limni tashkil qilish (student-centered education) orqali kasbiy sohaga yo‘naltirilgan dual tizimni algoritm va dasturlash tillarini o‘rganish jarayoniga qiyosan tatbiq etish asosida  aniqlangan;
innovatsion texnologiyalar asosida informatika fanini o‘qitishning algoritmik bosqichlari o‘quv maqsadlarini mustaqil belgilash, matnli hujjatlarni qayta ishlash, o‘quv faoliyati natijalarini loyihaviy faoliyat asosida baholash, kasbiy tayyorgarlik jarayonida individual va guruhiy qayta aloqaning intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
informatika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning metodik ta’minoti ta’lim natijalariga erishishning modullar taqsimotini yuqoridan pastga (top down) va pastdan yuqoriga (bottom up) yo‘naltirish izchilligi ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida informatikani o‘qitish metodikasini takomillashtirishning innovatsion texnologiyalari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
informatika fani mazmunini takomillashtirishning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillariga ustuvorlik berish asosida o‘quv materiallarini yirik bloklarda strukturalashtirishga qo‘yiladigan didaktik talablarni bevosita hisobga olishga doir takliflardan  5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishi uchun “Informatika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018  yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-028 raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida informatika fanini modulli ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida informatika fanini o‘qitishning metodik shartlarini aniqlash, informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim bosqichlarida o‘qitishning uzviyligi hamda uzluksizligiga erishish, innovatsion texnologiyalar asosida informatika fanini o‘qitishning algoritmik bosqichlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishi uchun “Kompyuter grafikasi” o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i, 133-107 raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida informatika fanini o‘qitishda CorelDraw va Adobe PhotoShop dasturlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
informatika fani o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning metodik ta’minotini takomillashtirish, maxsus kurs dasturi asosida ishlab chiqilgan mul`timediali qo‘llanmaning virtual imkoniyatlarini kengaytirish, aralash ta’lim (blended learning) bo‘yicha onlayn va oflayn o‘qitish shakllari adaptivligining barqarorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0910154408. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” (2015-2017 yy.)  loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3939-son ma’lumotnomasi). Natijada, informatika fanini o‘qitishda innovatsion korporativ ta’lim muhiti samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish