Bekniyazov Bayrambay Saparbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirish (Qoraqalpog‘iston misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.1.PhD/Ped1246.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Turganov Baxit Qurbanbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik jarayonlari moddiy va madaniy merosning shaxs intellektual, emotsional va motivatsion rivojlanish sohalariga ta’sirining intensivlik darajasi barqarorligini tarixiy prepedevtika bilan bevosita aloqadorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirish jarayoni tuzilmasi ichki va tashqi integrativlik asosida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash, modulli-struktur yondashuv bilan xalqchillik tamoyilining qayta aloqaga kirishish darajasining sub’ektiv ta’sirchanligini kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari rasm ustida suhbat, virtual ekskursiya, moziyga sayohat metodlarini jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish jarayoniga intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
virtual ta’lim muhiti sharoitida tarixiy-madaniy merosdan foydalanishning algoritmik bosqichlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tanishuv, tushunish, analiz, sintez va baholash darajalariga ustuvorlik berish asosida kengaytirish, davr bilan dialogga kirishishga doir mediatadbirlarni shaxsiy tajriba bilan internal interiorizatsiyasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik jarayonlari mohiyatini ochib berish, moddiy va madaniy merosning shaxs intellektual, emotsional va motivatsion rivojlanish sohalariga ta’sirining intensivlik darajasi barqarorligini prepedevtik pedagogika bilan bevosita aloqadorligini hisobga olishga doir takliflardan 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 5 oktyabrdagi 2-02/1165-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq milliy madaniyatini o‘quvchi-yoshlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirish jarayoni tuzilmasini aniqlashtirish, modulli-struktur yondashuv bilan xalqchillik tamoyilining qayta aloqaga kirishish darajasining sub’ektiv ta’sirchanligini kengaytirish, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tarixiy-madaniy meros vositasida o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997. «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar o‘yg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3707-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tarixiy-madaniy merosga aksiologik munosabatni tarkib toptirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
virtual ta’lim muhiti sharoitida tarixiy-madaniy merosdan foydalanishning algoritmik bosqichlarini aniqlashtirish, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tanishuv, tushunish, analiz, sintez va baholash darajalariga ustuvorlik berish asosida kengaytirish, davr bilan dialogga kirishishga doir mediatadbirlarni shaxsiy tajriba bilan internal interiorizatsiyasi barqarorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «Qoraqalpog‘iston tarixi» fani bo‘yicha malaka talablari va o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 5 oktyabrdagi 01-01/2-2678-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning qoraqalpoq tarixiy-madaniy merosini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.