Toirov Bobur Akbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vitiligoni davolashda hujayrali texnologiyalar», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib473.
Ilmiy rahbari: Sabirov Ulug‘bek Yusupxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Qaxramon Najmiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vitiligoni davolashda qo‘llaniladigan hujayrali texnologiya-larni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kasallikni davolashda depigment sohaga kul`tura qilinmagan epidermal hujayralar suspenziyasiga soch follikulalari mezenximal hujayralarini qo‘shish bilan amalga oshirilgan transplantatsiyada VASI indeksi ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lmagan holda repigmentatsiya darajasi yuqori bo‘lishi isbotlangan;
VIDA indeksi past ko‘rsatkichli vitiligoni davolashda qo‘lllaniladigan epidermal hujayralar suspenziyasiga soch follikulalari mezenximal hujayralari qo‘shish bilan amalga oshirilgan transplantatsiya usulining samaradorligi yuqoriligi isbotlangan;
vitiligoli bemorlar depigment soha va soch follikulalaridan olingan teri bioptatlarida Wnt va BMP signal oqsillari, c-kit reseptori, Bcl2 apoptoz omili hamda hujayra sitoplazmasidagi tirozinazaga bog‘langan oqsil (TRP2) ko‘rsatkichlari depigment teriga nisbatan soch follikullalarida yuqori bo‘lishi isbotlangan; 
ilk bor vitiligoli bemorlarni davolashda kul`tura qilinmagan epidermal hujayralar transplantatsiyasiga nisbatan soch follikulalari mezenximal hujayralar bilan kul`tura qilinmagan epidermal huayralar birgalikda transplantatsiya qilish usulida repigment terida Wnt va BMP signal oqsillari, c-kit reseptori, Bcl2 apoptoz omili hamda hujayra sitoplazmasidagi tirozinazaga bog‘langan oqsil (TRP2) ko‘rsatkichlari miqdori yuqori bo‘lishi isbotlangan;
melanotsit hujayralar funksional faolligi va depigmentatsiya o‘choqlaridagi regenerativ jarayonlar yuqoriligi asosida vitiligoning yuqori texnologik patogenetik asoslangan hujayraviy transplantatsiya davolash usuli takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vitiligoni davolashda hujayrali texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faol melanotsitlar va soch follikulalari mezenximal hujayralarini transplantatsiya qilish orqali samarali davolash tizimini takomilashtirish borasida «Soch follikulalari tashqi o‘zak qobig‘i kul`tura qilinmagan hujayralari suspenziyasini transplantatsiyasi usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/377-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi vitiligo kasalligini davolashda oq dog‘larni terining o‘ziga xos rangini ta’minlash maqsadida faol melanotsitlar va soch follikulalari mezenximal hujayralarini transplantatsiya qilish orqali davo samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bemorlardagi terining zararlanish sohasiga qarab kasallikning tarqalganligi va tarqalish jarayonining turg‘unligini inobatga olgan holda davolash tartibini amalga oshirish maqsadida «Vitiligo kasalligini zamonaviy davolash tartibini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 dekabrdagi 8n-r/534-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi vitiligo bilan xastalangan bemorlarni davolashda vitiligo indekslarini o‘rni muhimligi hamda funksional faol hujayralarni transplantatsiya qilish orqali davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
vitiligoni davolashda hujayrali texnologiyalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand hamda Jizzax viloyatlari teri-tanosil dispanserlari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi №8n-d/238-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi tibbiy yordam sifatini oshirish, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali vitiligo bilan kasallangan bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulator hamda statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish