Muhammadieva Dilafruz Axtamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boburnoma» turkcha tarjimasida paremiyalarning qiyosiy tadqiqi» 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3. PhD/Fil598.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Shirinova Raima Hakimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Otajonov Ne’matilla, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Boburnoma»dagi paremiyalarning turkcha tarjimada aks etish darajasini semantik, komponent va struktur jihatdan o‘rganish, frazologik birliklarni tarjima qilish jarayonida milliy kolorit, so‘zdagi ma’no va mazmun, asl matnni anglash kabi tamoyillarga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Boburnoma» turkcha nashrida keltirilgan maqol, matal, aforizm va frazemalarning o‘zbekcha nashr bilan qiyoslanishi orqali so‘zlarni noo‘rin qo‘llash, asl matnni anglamaslik kabi leksik va paremiyalarni uslubiy jihatdan noto‘g‘ri talqin qilish kabi stilistik-semantik xatolar aniqlangan; 
zamonaviy turk tilida aynan mavjud bo‘lgan va shakli o‘zgartirilgan frazemalar belgilanib, o‘zbekcha matndagi maqol, matal va aforizmlarning turkcha tarjimada transliteratsiya usulida tarjima qilinganligi aniqlangan;
paremik birliklarni tarjima qilishda turk olimlari kal`kalash va so‘zma-so‘z tarjima usullaridan keng foydalangani aniqlanib, o‘zbek va turk tillaridagi maqol, matal va frazemalar boshqa tillardagi birliklardan ma’no va mazmun, leksik, stilistik-semantik xususiyatiga ko‘ra farq qilishi dalillangan; 
asar tarjimasida paremiyalarni adekvat aks ettirishda soxta ekvivalentlikni hosil qilmaslik uchun so‘z, shakl va ma’no uyg‘unligining birlamchi ahamiyatga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Boburnoma» turkcha tarjimasidagi paremiyalar ifodalanishining tahlili jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
paremiologiya va paremiya  tushunchalariga doir mavjud ilmiy qarashlar, paremiyalarning o‘zbek va turk tillarida o‘rganish tarixiga oid ilmiy xulosalardan Turkiya jumhuriyati Karabuk Davlat universitetida «Matn sharhi», «Chig‘atoycha», «Turkiy lahjalar muqoyasasi», «Ilmiy tadqiqot usullari» kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Karabuk Davlat universitetining 2020 yil 12 oktyabrdagi 015/12-son ma’lumotnomasi). Natijada universitet talabalarining paremiologiyaga oid bilimlarining  oshirilishiga erishilgan; 
«Boburnoma» tarjimalarida milliy kaloritning berilishi, frazemalarni tarjima qilish tamoyillariga oid xulosalardan «Ingliz va o‘zbek tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» mavzusidagi I-OT-2019-42 raqamli innovatsion loyihasining «Milliy timsollar tasviri tarjimasi» bobida tarjimada milliy koloritning aks ettirilishi muammosini asoslashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 07 oktyabrdagi 89-03-3744-son ma’lumotnomasi). Natijada maqollarda milliy kaloritning aks etishiga doir, shuningdek, «Boburnoma»dagi maqol va iboralar statistikasiga oid ma’lumotlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan; 
«Boburnoma»dagi paremiyalarni aniqlash va ularni to‘g‘ri tarjima qilish tamoyillariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» va «O‘zbekiston tarixi» telekanallarining «Shoh va shoir», «Zahiriddin Muhammad Bobur», «Mavzu» va «Tarixiy savol» nomli turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan. («O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 26 avgustdagi 01-13/785-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar orqali «Boburnoma»dagi paremalarning tarjimalariga oid yangiliklarni taqdim etishga erishilgan;
«Boburnoma» turkcha tarjimasidagi qo‘llanilgan paremiyalarning statistikasi, maqol, matal, aforizm va frazemalarning struktur-semantik xususiyatlariga oid xulosalaridan Axsikent ilmiy-tadqiqot ijodiy birlashmasi tomonidan nashr etilgan «Buyuklarga beshik bo‘lgan Axsikent yoxud Farg‘ona allomalari», «Xonzodabegim Umarshayx qizi» kabi asarlarni tayyorlashda foydalanilgan («Axsikent» Xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 4/09-son ma’lumotnomasi). Natijada «Boburnoma» turkcha matnining til xususiyatlari, maqol, matal, aforizm va frazemalarga doir ilmiy nashrlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish