Ro‘zmetova Muhabbat Shakirovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim 5-7 sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped643.
Ilmiy rahbar: Xashimova Dildorxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Samatova Barnoxon Ravshanxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim 5-7 sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda lingvistik va sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot A2 va A2+ daraja uchun ta’lim mazmunida qayd etilgan (kundalik va ijtimoiy hayot, ta’lim va madaniyatga oid) mavzular kontentiga – TBL (Task Based Learning) ga asoslangan audiovizual va audiolingual o‘qitish shakllarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarga ingliz tilini murakkab o‘qitishga qaratilgan mul`timedial o‘quv resurs manbalari “C sharp” dasturlash tiliga oid imperativ, deklarativ, funksional va ob’ektga yo‘naltirilgan autentik materiallar uzluksizligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishda tilning nominativ, kommunikativ, kumulyativ funksiyasidan sinxron foydalanishning samarali mexanizmi (New Fly High 5, Teens’ English 6/7 darsliklari doirasida) kommunikant va kognizant shaxsini shakllantirishga qaratilgan integrativ usullar asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek lisoniy olam tasvirini ifodalovchi ijtimoiy-madaniy stereotiplarga oid asosiy nutqiy me’yorlarni tushunish ko‘nikmalari o‘qish va tinglab tushunishga oid pre-, while-, post- mashq turlarini ajratish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim 5-7 sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning lingvistik (nutqiy, til) hamda sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan nazariyalardan PZ-2014-0910185149 – raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4297-con ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim ona tili va adabiyot fanlari misolida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayoni uchun nazariy, umumlashtirilgan va metodik materiallar tayyorlashga xizmat qilgan;
5-7 sinflarda ingliz tilini o‘qitishda kompetensiyalarni rivojlantirishga asos bo‘lgan lingvistik, psixologik, metodik prinsiplardan hamda 5-6 sinflarda ingliz tilini kommunikativ tarzda o‘rganishga/o‘qitishga yordamchi (Communicative English) “S sharp” mul`timedial o‘quv resursdan XTI–2015-1 “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitishni samarali metodikalarini yaratish va joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida monografiya chop qilishda hamda mul`timedial o‘quv resurs yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4297-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari idrokida va tafakkurida o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan “Kids’ English” darslik o‘quv materiallarini egallashda kelib chiqqan interferension qiyinchiliklarni bartaraf qilishga erishilgan;
o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda lingvistik, sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi Xorazm viloyati, Jizzax viloyati, Toshkent shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qitish amaliyotiga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 yanvardagi 89-03-125-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-7 sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ kompetensiya negizida lingvistik hamda sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni samaradorligi oshgan. Shuningdek, ingliz tilini zamonaviy talablar asosida o‘qitish tizimi uslubiy qo‘llanma va mul`timedial o‘quv resurs manbalari bilan boyitilgan;
ingliz tilini tez va oson o‘rgatishga mo‘jallangan interfaol usullarni qo‘llashga doir amaliy natijalarni aks ettiruvchi o‘quv materiallaridan, «O`zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon» nomli eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2020 yil 30 sentyabrdagi 04-25-836-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-7 sinflarda ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning lingvistik hamda sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi ommalashtirishga erishilgan.