Abduramanov Xamid Xudaybergenovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda demografik jarayonlarni tartibga solishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 23.00.05 – Milliy xavfsizlikning tizimli tahlili va istiqbolini belgilash muammolari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt266. 
Ilmiy maslahatchi: Zohidov Azamatjon A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Dsc.30.08.2019.Ss.89.01.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Bahodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Karimova Dildora Mirsabitovna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda demografik jarayonlarni tartibga solishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy xavfsizlik darajasini baholash uslubiyoti aholining takror hosil bo‘lishi xususiyatlarini hisobga olgan holda “demografik salohiyat” indeksini joriy etish asosida takomillashtirilgan; 
demografik indikatorlarning chegaraviy qiymatlarini aniqlash asosida me’yordan og‘ishning integral ko‘rsatkichi qiymatini yuqori va o‘rtacha tahdidlar hamda barqarorlik zonalariga ajratish taklif etilgan;
demografik vaziyatni monitoring qilish algoritmi iqtisodiy xavfsizlik darajasini aniqlash va prognozlashtirishning yagona tizimini shakllantirish orqali manzilli strategiya va dasturlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining demografiya sohasidagi milliy manfaatlarini tizimlashtirish orqali ularga bo‘lgan potensial va real tahdidlarni bartaraf etishning ta’sirchan mexanizmi asoslangan;
inson kapitalini rivojlantirish, fan sig‘imi yuqori tarmoqlarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va mehnat bozorida mobillikni oshirish orqali «demografik dividend» olish asosida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash asoslangan;
O‘zbekistonda demografik rivojlanishning istiqbol ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz paramertlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda demografik jarayonlarni tartibga solishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
iqtisodiy xavfsizlik darajasini baholashning demografik salohiyat indeksi “Asosiy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom”ning 4-bandini ishlab chiqishda (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 01/4-04-18/2-229-son ma’lumotnomasi) hamda vazirlikning “Mehnat bozori, demografiya va migratsiya jarayonlarini tahlil qilish va prognozlash” va “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni muvofiqlashtirish” boshqarmalari amaliyotida foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 13-01/16-1078-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirishning mavjud metodikasini takomillashtirish, iqtisodiy xavfsizlik tizimidagi indikatorlarning chegaraviy qiymatlari asosida demografik vaziyatga baho berish hamda hududlar iqtisodiy xavfsizligini “yuqori”, “normal”, “past”, “inqiroz” va “kritik” darajalarga ajratish imkonini berdi;
demografik indikatorlarning chegaraviy qiymatdan og‘ishining integral ko‘rsatkichi qiymatini yuqori va o‘rtacha tahdidlar hamda barqarorlik zonalariga ajratish taklifi Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazining “Mehnat bozori, bandlik va mehnat migratsiyasi masalalari” bo‘limi va “Mehnat resurslari va demografik ko‘rsatkichlar istiqbollarini belgilash” laboratoriyasi amaliyotida foydalanish (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 29  sentyabrdagi 01/00-04/07-8274-son ma’lumotnomasi) hamda Davlat statistika ishlari dasturi doirasida qo‘mita tomonidan shakllantiriladigan “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati” to‘g‘risidagi choraklik va yillik nashrlarini qo‘shimcha statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 01/4-04-18/2-229-son ma’lumotnomasi) uchun qabul qilingan. Taklif etilgan uslub iqtisodiy xavfsizlik tizimidagi demografik indikatorlarni chuqur statistik qilish tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirdi;
iqtisodiy xavfsizlik darajasini aniqlash, tizimli tahlil qilish, prognozlashtirishning yagona tizimini shakllantirish hamda shu asosda manzilli strategiya va dasturlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi demografik vaziyatni monitoring qilish algoritmi “Demografik vaziyatni monitoring qilish va prognozlashtirish” nomli uslubiy qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan va o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining 2020 yil 17 dekabrdagi 28/7121OT-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan algoritm demografik jarayonlardagi iqtisodiy tahdidlarni tizimli tahlil qilish va istiqbolini belgilash imkonini berdi;
O‘zbekiston Respublikasining demografiya sohasidagi milliy manfaatlari hamda ularga bo‘lgan potensial va real tahdidlar vazirlik tomonidan “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiya”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 01/00-04/07-8274-son ma’lumotnomasi). Demografiya sohasidagi milliy manfaatlarga bo‘lgan tahdidlarni belgilanganligi mazkur tahdidlarning oldini olish va ularning salbiy ta’sirni kamaytirish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda asos bo‘lgan;  
inson kapitalini rivojlantirish, fan sig‘imi yuqori tarmoqlarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va mehnat bozorida mobillikni oshirish orqali «demografik dividend» olish taklifi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 13-01/16-1078-son ma’lumotnomasi) va aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 01/00-04/07-8274-son ma’lumotnomasi), “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ishlab chiqishga oid takliflarda foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2020 yil 4 noyabrdagi 1273/20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirgan;
O‘zbekistonda demografik rivojlanishning istiqbol ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz paramertlari “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiya”ni (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 01/00-04/07-8274-son ma’lumotnomasi) va “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish Konsepsiyasi” loyihasini (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 13-01/16-1078-son ma’lumotnomasi) ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari mehnat resurslari tarkibini yanada takomillashtirish, ishsiz aholini ish bilan ta’minlash hamda kelgusida yaratiladigan ish o‘rinlarini kutiladigan demografik bosimga mutanosib holda tashkil etish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish