Kadirov Maxamatnasir Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda innovatsion-investision faoliyatni takomillashtirish», 23.00.05 - “Milliy xavfsizlik muammolarini tizimli tahlili va prognozlashtirish” (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Iqt1562.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, DSc.30.08.2019.Ss.89.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirxayotov Mirvoxid Mirzoxid o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda innovatsion-investision faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy tadqiqot loyihasi hayotiy siklining turli davrlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan “manfaatlar to‘qnashuvi”ning iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini aniqlash va bartaraf etishning ko‘p bosqichli taomili taklif etilgan;
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda innovatsion faoliyat moliyaviy manbalari tarkibini diversifikatsiyalash, byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘larini jalb etishning “rag‘batlantiruvchi muhiti”ni shakllantirish orqali maqbullashtirish asoslangan;
innovatsion loyihalarni tanlab olishdagi tabaqalashtirilgan moliyalashtirish mezonlarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qo‘llashning turli risklar hamda iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini minimallashtirish asoslangan;
innovatsion-investision xavfsizlikni ta’minlashning chegaraviy qiymatlarini aniqlash asosida 2030 yilga qadar innovatsion tavsifdagi investisiyalashning optimal qiymatlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda innovatsion-investision faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy tadqiqot loyihasi hayotiy siklining turli davrlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan “manfaatlar to‘qnashuvi”ning iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini aniqlash va bartaraf etishning ko‘p bosqichli taomilini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2020 yil 9 noyabrdagi 11/2-3157-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizmning amaliyotga joriy qilinishi ilmiy tadqiqot loyihalarini davlat tomonidan moliyalashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qilgan;
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda innovatsion faoliyat moliyaviy manbalari tarkibini diversifikatsiyalash, byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘larini jalb etishning “rag‘batlantiruvchi muhiti”ni shakllantirish orqali maqbullashtirish taklifidan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo va integratsion hamkorlik strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 05-26-11945-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, ilmiy tadqiqotlarni fan xususiyatlaridan kelib chiqqan holda moliyalashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning innovatsion mahsulotlarga qiziqishini oshirish imkoniyati yaratilgan;
innovatsion loyihalarni tanlab olishdagi tabaqalashtirilgan moliyalashtirish mezonlarini o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qo‘llashning turli risklar hamda iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini minimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-ilovasi “2020-2022 yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 05-26-11945-son va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 04-55/3447-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida byudjetdan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olish jarayonlari takomillashtirilgan;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion va yuqori texnologik yo‘lidan borishda mamlakat raqobat ustunligini to‘g‘ri safarbar etish, innovatsion mahsulotlar hajmini kengaytirishga investisiyalarni yo‘naltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2020 yil 9 noyabrdagi 11/2-3157-son ma’lumotnomasi). Raqobat ustunligini innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirish natijasida jahon bozorida milliy tovar va xizmatlarning xaridorgir bo‘lishiga, importning o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishiga zamin hozirlangan.