Tursunov Iskandar Baxtinurovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banki kapitallashuviga korporativ boshqaruv ta’sirini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1368.
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tojiev Raxmatilla Raxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banki kapitallashuviga korporativ boshqaruv ta’sirini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bankning sof kapitaliga  qimmatli qog‘ozlar bozorining omilli ta’siri asosida tijorat bankining bozor qiymatini boshqarish tizimi  ilmiy asoslangan;
bank tizimida korporativ sektorni chuqurlashtirish va tijorat banklarini transformatsiya qilishda davlat aktivlarini xususiylashtirishning bosqichli rejasi taklif etilgan; 
O‘zbekiston tijorat banklarini jahon kapital bozorlariga chiqarishning bosqichli takomillashtirilgan algoritmi taklif qilingan; 
tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligini oshirishda ichki IPO o‘tkazish orqali samarali korporativ boshqaruvni shakllantirish yo‘nalishlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tijorat banki kapitallashuviga korporativ boshqaruv ta’sirini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalariga asosan:
bankning sof kapitaliga qimmatli qog‘ozlar bozorining omilli ta’siri asosida tijorat bankining bozor qiymatini boshqarish tizimini joriy qilish taklifi tijorat banklari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha rejani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmasining 2020 yil 7 iyuldagi 06-30-01/66-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020 yil 12 avgustdagi 02-02/06-968-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB evroobligatsiyalari yuqori kotirovkasi (nominalning 103-105%) bo‘yicha Grem va Sharp koeffisientlari hamda benchmarking asosida hisob-kitob qilish usullari qo‘llanilishi oqibatida foizlar to‘lovi bo‘yicha 12 mln. AQSh. doll. mablag‘larning tejalishiga erishilgan. 
bank tizimida korporativ sektorni chuqurlashtirish va tijorat banklarini transformatsiya qilishda davlat aktivlarini xususiylashtirishning bosqichli rejasi tijorat banklarini kapitallashuvining amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmasining 2020 yil 7 iyuldagi 06-30-01/66-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2020 yil 12 avgustdagi 02-02/06-968-son ma’lumotnomalari). Natijada. raqamli bankka transformatsiya qilish va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilinib, AKB «Hamkorbank» tomonidan qo‘shimcha emissiya qilingan 15 mln. AQSh. doll. qiymatidagi aksiyalarni xorijiy investorlarga sotishga erishilgan. 
joriy aktivlarni samarali boshqarish, optimal miqdorini aniqlash, kompleks tahlil qilish bo‘yicha taklifi tijorat banklari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha rejani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmasining 2020 yil 7 iyuldagi 06-30-01/66-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2020 yil 12 avgustdagi 02-02/06-968-son ma’lumotnomalari). Natijada, evroobligatsiyalar benchmarking asosida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB, «O‘zR TIF Milliy banki» AJ va «Ipoteka bank» ATBlarning xar biri tomonidan  300 mln. AQSh. doll. qiymatidagi evroobligatsiyalarni jahon fond bozorlarida joylashtirilishiga erishilgan. 
tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligini oshirishda ichki IPO o‘tkazish orqali samarali korporativ boshqaruvni shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklifidan kapital bozorini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chitqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2020 yil 12 avgustdagi 02-02/06-968 son va «Ravnakbank» XATB 2020 yil 7 iyuldagi ShP.01-972-son ma’lumotnomalari). Natijada, korporativ boshqaruv mexanizmlarini tatbiq etilishi hisobiga «Ravnakbank» XATB investision jozibadorligi oshishi tufayli bank qo‘shimcha chiqarilgan 70 mlrd. so‘mlik aksiyalarini sotishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish