Qahhorov Otabek Siddiqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish (Buxoro va Navoiy viloyatlari misolida)”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt200.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning uslubiy jihatlari hamda boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning strategik boshqaruvi ta’lim xizmatlari va mehnat bozoridagi ta’lim muassasasining bozor sub’ekti sifatidagi hamda faoliyat mahsuloti qiymatlarini yaratishga yo‘naltirilgan hamkorlik munosabatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqarish strategiyasini ishlab chiqish oliy ta’lim bozorida raqobat muhiti, raqobat mavqei, ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligi va bitiruvchilar raqobatbardoshligini o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida maqsadli barqaror raqobatli ustunlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish strategiyasi marketing tizimi elementlarini doimiy qayta ko‘rib chiqishga intilishda namoyon bo‘ladigan bozor pozisiyasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi oliy ta’lim miqyosidagi umumiy hamda har bir kadr faoliyati kesimidagi individual-aniqlashtirilgan darajalarda tabaqalashtirilgan strategik rejalashtirish asosida takomillashtirgan;
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligi hamda ishga joylashish sonining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmini takomillashti-rish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning strategik boshqaruv uslubi ta’lim xizmatlari va mehnat bozoridagi uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli hamda qiymat yaratishga yo‘naltirilgan hamkorlik munosabatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 84-02/1367-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida oliy ta’lim muassasalarida raqobarbardosh kadrlar tayyorlashning integral baholash uslubi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqarish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida oliy ta’lim bozorida raqobat muhiti, raqobat mavqei, ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligi va bitiruvchilar raqobatbardoshligini ta’minlaydigan mezonlar tasnifini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 467-son “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 84-02/1367-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangiliklar natijasida OTMlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash tizimini o‘quv jarayonlarining sifatini oshirish bilan bog‘liq holda takomillashtirish, ular asosida raqobatbardoshlik darajasini aniqlash va uning dinamikasini tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’minlash uslubi har bir ta’lim muassasasi faoliyatini qiyosiy taqqoslash, samaradorligini baholash, raqobatbardosh ustunliklarni yaratish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hisobiga takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori, O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi 979-son “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning istiqbolli yutuqlarini joriy qilishning samarali mexanizmlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yilning 18 avgustdagi 03-10/3091/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish, ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari hamda raqobatbardoshligini boshqarish va uning samaradorligini baholash imkoniyatlari kengaygan;
oliy ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi oliy ta’lim miqyosidagi umumiy hamda har bir kadr faoliyati kesimidagi individual-aniqlashtirilgan darajalarda tabaqalashtirilgan strategik rejalashtirish asosida takomillashtirish taklifi 5230200 - “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment” fani bo‘yicha darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 dekabrdagi 1186-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatga olish raqami 1186-125 guvohnoma). Buning natijasida mintaqaviy ta’lim bozorida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini baholovchi uslubiy yondashuvlari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqaruv samaradorligini tahlil qilish va uning darajasidagi o‘zgarish dinamikasini kompleks baholash nazariyasi yaratilgan hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligi hamda ishga joylashish sonining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari hamda ko‘p mezonli baholash uslubiyotidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorinin ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yilning 18 avgustdagi 03-10/3091/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv qarorlarini qabul qilish, raqobat muhitini kuchayishini va strategik boshqaruv mexanizmi va samaradorligini miqdor va sifat jihatidan baholash imkoniyatlarini kengaytirgan.