Salaxodjaev Raufxon Farxodxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida tabiiy iqlim resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanishda inson va ijtimoiy kapitalning roli», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Ilmiy rahbari: Umurzakov O‘ktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanisiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Iroda Baxramjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Tadjiev Abdisame, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy va inson kapitali omillarining tabiiy-iqlim o‘zgarishiga ta’sirini baholash asosida qishloq xo‘jaligida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va ekotizimlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ijtimoiy kapital (“sabrlilik”, “individualizm”, “milliy ishonch”) va o‘rmon maydonlari hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi barqaror ijobiy o‘zaro bog‘liqlik nazariy va empirik jihatdan asoslangan;
inson kapitali, YaIM, demokratlashuv, urbanizatsiya, iqtisodiyot tuzilmasining o‘zgarishi va globallashuv ta’sirini hisobga olgan holda o‘rmon resurslarining o‘zgarishi omillarini izohlovchi ekonometrik model` taklif etilgan;
inson kapitali hamda inson salomatligi va ekotizimni ekologik zarardan muhofazalash ko‘rsatkichlarining o‘zaro ta’siridan kelib chiqib, ekologik barqarorlikni belgilab beruvchi omillar aniqlangan;
demografik yuklama va globallashuvning atrof-muhit sifatiga ta’sirini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan foydalanishni maqbullashtirishning ssenariy variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida tabiiy-iqlim resurslarini boshqarish va undan oqilona foydalanishda inson va ijtimoiy kapitalning rolini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar asosida:
ijtimoiy kapital va o‘rmon qoplamli maydonlar hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi barqaror ijobiy o‘zaro bog‘liqlik yuzasidan ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 18 yanvar` 04/21-167-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida individualizm indeksini 22 foizga oshirish o‘rmon maydonlari tiklanishini 0,66 foizga tezlashishiga olib kelishi tasdiqlangan.
inson kapitali, YaIM, demokratlashuv, urbanizatsiya, iqtisodiyot tuzilmasining o‘zgarishi va globallashuv ta’sirini hisobga olgan holda o‘rmon resurslarining o‘zgarishi bo‘yicha ishlab chiqilgan modeli O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 18 yanvar` 04/21-167-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan empirik model` asosida inson kapitalining o‘zgarishi (+46 ball) o‘rmon maydonlari hajmi o‘sish sur’atining 1,2 foizga oshirish imkoniyatini yaratishi asoslangan.
inson kapitali omillarining tabiiy-iqlim o‘zgarishlariga ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 18 yanvar` 04/21-167-son ma’lumotnomasi). Ushbu orqali kognitiv qobiliyatlar indeksi 1 foiz darajasida ijobiy va statistik ahamiyatga ega omil ekanligi, inson kapitali indeksining 10-11 ballga o‘sishi aholini iqlim o‘zgarishidan xabardorligini o‘rtacha 19 foizga o‘sishiga olib kelishi asoslangan.
demografik yuklama ortayotganligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan foydalanishni maqbullashtirish, atrof-muhit uchun zarar keltirmay yalpi ishlab chiqarishni oshirish imkonini beruvchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 18 yanvar` 04/21-167-son ma’lumotnomasi). Bunda qishloq xo‘jaligida demografik yuklamaga mutanosib tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek atrof-muhitga ta’sir etmaydigan ishlab chiqarish tizimini shakllantiruvchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish rejasini ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan.