Xannaev Sherzod Qurbonnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari faoliyati samaradorligini baholashni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.4.PhD/Iqt1167.
Ilmiy rahbar: Sattarov Odiljon Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlaridoktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:AT «Aloqabank».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariyva amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi tijorat banklari faoliyati samaradorligini baholashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari faoliyat samaradorligini baholashni ularning turli xarajatlarini ishchi kuchi narxiga nisbatan normallashtirish orqali qurilgan samaradorlik chegarasi bilanbank samaradorligi joylashgannuqtaning tafovutidan kelib chiqqan holda takomillashtirish asoslangan;
davlatning bevosita va bilvosita egaligidagi samarasiz faoliyat yuritayotgan banklarni xususiylashtirish va xorijiy strategik investorlarga sotishdan oldin bank aktivlarini «toksik» aktivlardan tozalash taklifi asoslangan;
davlat ulushi mavjud tijorat banklari xizmatlar soni va filiallar tarmog‘ini maqbullashtirishda banklarni marjinal xarajatlar qaytimi bo‘yicha yuqori samaradorlikka olib keluvchi optimal hajmini aniqlash taklifi asoslangan;
tijorat banklari bozor kuchini baholashda banklar tomonidan moliyaviy mahsulotlarga monopol yuqori narx qo‘llanilishini aniqlashni marjinal xarajatlar asosida takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari faoliyati samaradorligini baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklari samaradorligini baholashning takomillashtirilgan chegara usulidan foydalanish to‘g‘risidagi taklifi «O‘zbekiston sanoat qurilish banki» aksionerlik tijorat bankida samaradorlikni baholashda foydalanilgan («O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATBning 2020 yil 1 iyundagi 12 18/2473-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi bankni transformatsiya qilish jarayonini samarali tashkil qilishga xizmat qilgan;
davlat ulushi mavjud banklar aktivlarini «toksik» aktivlardan tozalagandan so‘ng xususiylashtirish va xorijiy strategik investorlarga sotish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF 5992-son «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»giFarmonida o‘z aksini topgan («O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATBning 2020 yil 1 iyundagi 12 18/2473-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat ulushi mavjud banklar investision jozibadorligini oshirishga zamin yaratgan;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarining ko‘p sonli boshqaruv xodimlarini talab qilmaydigan filiallar tarmog‘ini kengaytirgan holda mavjud filiallar tarmog‘ini ko‘lamidan kelib chiqib maqbullashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF 5992-son «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonidao‘z aksini topgan («O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATBning 2020 yil 1 iyundagi 12 18/2473-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi banklar filiallari va xizmatlarini transformatsiya qilish jarayonini takomillashtirgan;
banklararo raqobatni baholashda banklarning bozor kuchini banklar tomonidan moliyaviy mahsulotlarga monopol yuqori narx qo‘llanilishini aniqlashni marjinal xarajatlar asosida baholash to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekistonda raqobat muhitini rivojlantirish Strategiyasi” loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 12 iyundagi 842/04-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat ulushi mavjud banklarga taqdim etiladigan eksklyuziv huquqlar tufayli yuzaga keladigan monopol kuchni baholash va boshqarish imkoni yaratilgan.