Sayt test rejimida ishlamoqda

Matchanov Alimjon Davlatboevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Labdan diterpenoidlari hosilalari sintezi, glisirrizin kislotasi va samarali gemostatik dori vositalarini yaratish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.K74.

Ilmiy maslahatchi: Dalimov Davranbek Nigmanovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi, instituti 14.07.2016.K/V/T.13.01.

Rasmiy opponentlar: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori.

Etakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: labdan diterpenoidlari sintezi, glisirrizin kislotasi, uning tuzlari va kichik molekulali polimerlar asosida supramolekulyar kompleks birikmalarni olish, fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda yangi gemostatik vositalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

lagoxilinning yangi aromatik atsetallari sintez qilingan va oxirgi mahsulot unumiga katalizatorlar ta’siri aniqlangan;

lagoxilinning atsetil va izopropiliden hosilalarining gemostatik faolligi bilan o‘rinbosarlarning tabiati va erkin gidroksil guruhlari soni orasidagi bog‘liqligi aniqlangan;

glisirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi bilan lagoxilinning yangi kompleks birikmalari olingan;

glisirrizin kislotasi va uning tuzlari bilan lagoxilinning supramolekulyar kompleks birikmalari suvli eritmalarida misellyar tuzilish, turg‘unlik va termodinamik xususiyatlari bilan ularning kompleks hosil qiluvchi komponentlar nisbati va kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi aniqlangan;

kompleks birikmalarning suvli eritmalari reologik xususiyatlarini aniqlash orqali dori vositasini misella ichiga kirish jarayoni sistema energiyasi yutug‘i bilan borishi isbotlangan;

sistema entropiyasi (miselyar hosilalar o‘z-o‘zidan tashkillanishi), mehmon molekulasi tuzilishi va funksional xosligiga bog‘liqligi, glisirrizin kislotasi molekulalaridan iborat misellalarning tuzilish jarayoniga muvofiqlashtiruvchi sifatida ta’sir etishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘simliklardan biologik faol terpenoidlarni ajratib olish, tuzilishi va faolliklarini aniqlash natijasida yangi samarali gemostatiklar ishlab chiqish asosida:

vena qon tomiri ichiga qo‘llaniladigan gemostatik «Lagovin» dori vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (04.12.2013 y., №IAP 04806) olingan. Gemostatik vosita parenximatoz qon ketishni to‘xtatishda ishlatish uchun tavsiya qilingan;

«Glilagin» substansiyasi asosida qon to‘xtatuvchi gemostatik plenka uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (13.10.2015 y., №IAP 05109) olingan. Yaratilgan mahalliy dori shakli kapillyar va qon tomirlardan qon ketishini to‘xtatishda foydalanilgan;

yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan «Glisiram - 0,05g tabletkalari» uchun klinik sinovlari o‘tkazilgan va «Glisiram» substansiyasi uchun Vaqtinchalik Farmakopeya maqolasi 42 Uz2369-2013 (18.10.2013 y.,) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Yaratilgan preparat respublikada shu turdagi dori vositalarining import o‘rnini bosish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish