Kamilova Iroda Xusnitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida investision kreditlash tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.2.PhD/Iqt958.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqticodiyot fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qaraliev Sherbek Turaboevich,iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:“Agrobank” ATB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida investision kreditlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kreditlash risklari, kredit limitlari risklarini boshqarish hamda kredit risklari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini tashkil etish yuzasidan stress testlash investision kreditlashning har bir potensial mijoziga nisbatan tabaqalashgan yondashuvni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
kredit olishgacha bo‘lgan jarayonda xizmat ko‘rsatuvchi bank qoshida alohida mustaqil xo‘jalik yuritish shakliga ega bo‘lgan “loyihalar fabrikasi”ni shakllantiradigan axborot-konsalting xizmatini tashkil etish va ularning faoliyatini “kreditlangan har bir investision loyiha bo‘yicha o‘z bonuslariga ega bo‘lish” tamoyili asosida joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
banklarning likvidlilik muammosini va resurs bazasining taqchilligini bartaraf etish yuzasidan billatrial va kontentsiz kredit liniyalari orqali resurs mablag‘larini jalb qilish amaliyotini joriy etish taklifi asoslangan;
tijorat banklarining investision kreditlardan olinadigan daromad hajmiga muammoli qarzdorliklarini qoplash bo‘yicha yaratilgan zaxira fondi sarfi va bank majburiyatlarining ta’sirini baholashning empirik modeli asosida banklar investision kreditlashdan olinadigan daromadlarining 2025 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari faoliyati samaradorligini baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
kreditlash risklari, kredit limitlari risklarini boshqarish hamda kredit risklari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini tashkil etish yuzasidan stress testlash investision kreditlashning har bir potensial mijoziga nisbatan tabaqalashgan yondashuvni qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi “Asaka” bank  Bosh  ofisi Tavakkalchilik departamenti va Investisiya markaziga joriy etilgan (“Asakabank” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 19-01/5583-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida investision kreditlarning riskka tortilganlik darajasi pasaytirilib, korxona tomonidan ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira shakllantirish orqali uning kredit yuki va boshqa moliyaviy majburiyatlari nazorat qilingan hamda bir guruh korxonalar investision kreditlari bo‘yicha 6,0 mlrd. so‘m miqdorida muammoli aktivlar yuzaga kelishining oldi olingan;
banklarda qarz oluvchilarga kredit olishgacha bo‘lgan jarayonda xizmatlar ko‘rsatadigan bank qoshida alohida mustaqil xo‘jalik yuritish shakliga ega bo‘lgan “loyihalar fabrikasi”ni shakllantiradigan axborot-konsalting xizmatlarini tashkil etish va ularning faoliyatini “kreditlangan har bir investision loyiha bo‘yicha o‘z bonuslariga ega bo‘lish” tamoyili asosida joriy etish taklifi “Asaka” bank  Bosh  ofisi Investisiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markaziga joriy qilingan (“Asakabank” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 19-01/5583-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida qisqa vaqt ichida bankka mijozlar tomonidan sifatli ishlab chiqilgan va puxta asoslangan investision loyihalar taqdim etilishi sur’atining oshishiga erishilgan hamda ularni investision kreditlash imkonini bergan;
banklarning likvidlilik muammosini va resurs bazasining taqchilligini bartaraf etish yuzasidan billatrial va kontentsiz kredit liniyalari orqali resurs mablag‘larini jalb qilish amaliyotini joriy etish taklifi “Asakabank” ATB tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (“Asakabank” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 19-01/5583-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida “Asakabank” ATB resurs bazasining2 barobarga oshishi, likvidliligi mustahkamlanishiga hamda bankning mijozlari oldidagi imkoniyatlari yanada kengaytirilishiga erishilgan;
tijorat banklarining investision kreditlardan olinadigan daromad hajmiga muammoli qarzdorliklarini qoplash bo‘yicha yaratilgan zaxira fondi sarfi va bank majburiyatlarining ta’sirini baholashning empirik modeli asosida banklar investision kreditlashdan olinadigan daromadlarining 2025 yilga qadar mo‘ljallangan prognozidan “Asaka” bank  Bosh  ofisi Investisiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazida investision loyihalarni samarali boshqarish hamda muammoli qarzdorlikning oldini olishda foydalanilgan (“Asakabank” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 19-01/5583-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida “Asakabank” ATB investision kreditlar bo‘yicha 2020 yil to‘qqiz oylik yakuniga ko‘ra olgan daromadi ushbu davr uchun qilingan prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 9,9 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish