Madaminova Nargiza Zuxridinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida dinshunoslikka oid bilimlarni rivojlantirishning pedagogik jihatlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped.302.
Ilmiy rahbar: Qahhorova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Yo‘ldoshxo‘jaev Xaydarxon Xoshimxanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda dinshunoslikka oid bilimlarni rivojlantirishning pedagogik jihatlarini taokomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
dinshunoslikka oid bilimlarning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarda diniy va ilmiy dunyoqarash parametrlarini aniqlashtirish, matnlarni taqqoslash, ziddiyatlilikni aniqlash ko‘nikmalarini ilmiy, aqliy, naqliy va hissiy bilish shakllarining qiyosiy tahlili asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning dinshunoslikka oid bilimlari “oila–oliy ta’lim muassasalari–diniy tashkilotlar” hamkorligi jarayonini, katta avlod vakillari, pedagog, diniy soha mutaxassislari hayotiy tajribasi hamda intellektual salohiyatidan foydalanishni pedagogik loyihalash asosida rivojlantirilgan;
yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda hamda g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashuvchanlik immunitetini kuchaytirishda umuminsoniy kadriyatlar tizimini mustaxkamlash zarurati asoslangan;
talabalarda dinshunoslikka oid bilimlarni emotsional intellekt orqali rivojlantirishda (fuqarolik, kasbiy va axlokiy o‘zini uzi anglash) tarbiya usullari  pozitiv integratsiyalashuv asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida dinshunoslikka oid bilimlarni rivojlantirishning pedagogik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
dinshunoslikka oid bilimlarning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarda diniy va ilmiy dunyoqarash parametrlarini aniqlashtirish, matnlarni taqqoslash, ziddiyatlilikni aniqlash ko‘nikmalarini ilmiy, aqliy, naqliy va hissiy bilish shakllarining qiyosiy tahlili asosida takomillashtirilganiga oid takliflar Pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1131-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida dinshunoslikka oid bilimlarni rivojlantirish jarayonlari samaradorligini oshirishga erishilgan.
talabalarning dinshunoslikka oid bilimlari “oila–oliy ta’lim muassasalari–diniy tashkilotlar” hamkorligi jarayonini, katta avlod vakillari, pedagog, diniy soha mutaxassislari hayotiy tajribasi hamda intellektual salohiyatidan foydalanishni pedagogik loyihalash asosida rivojlantirilganligiga oid takliflardan “2020 yilda diniy-ma’rifiy sohada yoshlarga oid davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 18 maydagi 2856-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining dinshunoslikka oid bilimlarini rivojlantirishning milliy-tarbiyaviy jihatlarini kengaytirish imkoniyatini oshirgan;
talabalarda dinga oid sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashuvchanlik imkoniyatlarini kengaytirishga asoslangan dinshunoslikka oid bilimlarni rivojlantirish modelining amaliy komponenti diniy va insonparvar qadriyatlar tizimini o‘zaro uyg‘un tarkib toptirish algoritmining (bosqichlari, mazmuni, natijaviyligi) auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar bilan bevosita qayta aloqasi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilganiga oid taklif va tavsiyalardan 2014-2015 yillarda bajarilgan IOT-2014-1-41 raqamli “Yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida mul`timedia o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4236-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar yoshlar hayotiga ta’sir etuvchi salbiy mafkuraviy va informatsion xurujlarga qarshi immunitetni shakllantirishga doir ishlarning samarali yo‘lga qo‘yilishiga munosib hissa qo‘shgan.
talabalarda dinshunoslikka oid bilimlarni rivojlantirishning xususiy va tashkiliy metodik komponentlari emotsional intellektni tarkib toptirishda fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash kabi tarbiya usullarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan 2014-2015 yillarda bajarilgan IOT-2014-1-41 raqamli “Yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida mul`timedia o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4236-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining dinshunoslikka oid bilimlarini rivojlantirishga doir takomillashtirilgan o‘quv resurslarini yaratishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish