Ziyadullaev Ulugbek Saidkarimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jahon kapital bozoriga integratsiyalashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash imperativlari”, 08.00.09- “Jahon iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Iqt287.
Ilmiy maslahatchi: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Rossiya fanlar akademiyasining Bozor muammolari inistituti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteta, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Grinberg Ruslan Semyonovich, RFA muxbir a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov To‘lqin Sattarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharifxodjaev Shavkat Oqilovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi iqtisodiyot maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston uchun iqtisodiy islohotlar jarayonlarini mustahkamlashga jahon kapital bozoriga uni integratsiya va xorijiy qarz mablag‘larini jalb etish nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda yanada samarali bo‘lgan o‘ziga xos metodologiyasi va tashkiliy-uslubiy tahlil vositalari orqali ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy iqtisodiy xavfsizlik tizimining mantiqiy blok-sxemasi iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va xatarlarni boshqarishda resurslarga nisbatan regulyator ta’sir ko‘rsatuvchi bank sektorining xavfsiz transformatsiyasi institusional qoidasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
xorijiy kapitalning milliy banklar aktivlaridagi optimal ulushi o‘ttiz foizdan oshmagan miqdorda tashqi qarz mablag‘larni jalb qilishning chegaraviy qiymati taklif etilgan;
aralash iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p omilli prognozi baholash ko‘rsatkichlari global, moliyaviy, sanoat, ijtimoiy va ma’muriy mezonlarga muvofiq iqtisodiy xavfsizlikning xavf va tahdidlar tipologiyasi qayta shakllantirilgan;
bank sektorining moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan individual xissasi omillarni baholashni o‘rtacha qiymati pastki oralig‘ini 0,64 bo‘lishi bankning o‘rtacha ta’sir gradatsiyasiga o‘tish ehtimoli yuzaga kelishi asoslangan;
milliy iqtisodiyotlar qiyosiy dinamikasi va iqtisodiy xavfsizlikning yig‘ma (jamlangan) indeksiga ko‘ra bank sektori faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi ta’sirlarni tavsiflovchi mamlakatning oltin-valyuta zahiralari, tashqi qarzni yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan barqarorlik indikatorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Jahon kapital bozoriga integratsiyallashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash imperativlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy iqtisodiy xavfsizlik tizimining mantiqaviy blok-sxemasi iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va xatarlarni boshqarishda resurslarga nisbatan regulyator ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy institusional qoidalarni kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan axborot-tahlil ma’lumotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMTI)ning 2020 yil 23 oktyabrdagi 02-1/723-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif iqtisodiyotning eng maqbul faoliyat rejimini ta’minlashda resurslarga nisbatan regulyator ta’sir ko‘rsatuvchi institusional qoidalarni ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xorijiy kapitalning milliy banklar aktivlaridagi optimal ulushi o‘ttiz foizdan oshmagan miqdorda tashqi qarz mablag‘larni jalb qilishning chegaraviy qiymati bo‘yicha taklif “Ipak Yo‘li” AITB tomonidan bankni moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikka qo‘shgan hissasini baholashda foydalanilgan (“Ipak Yo‘li” AITBning 2020 yil 18 dekabrdagi 02-2/9237-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy banklarning ichki bozorga kirishiga ruxsat berish bo‘yicha qat’iy me’yorlar, tashqi qarz olishning yangi tendensiyalarini belgilash, inqiroz hodisalarini engib o‘tish imkoniyati yaratilgan;
aralash iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p omilli prognozi baholash ko‘rsatkichlari global, moliyaviy, sanoat, ijtimoiy va ma’muriy mezonlarga muvofiq iqtisodiy xavfsizlikning xavf va tahdidlar tipologiyasi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan axborot-tahlil ma’lumotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMTI)ning 2020 yil 23 oktyabrdagi 02-1/723-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflardan foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p omilli prognozi baholash ko‘rsatkichlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bank sektorining moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan individual xissasini aniqlash va shu asosda omillarni baholashning o‘rtacha qiymati pastki oralig‘ini 0,64 bo‘lishi bankning o‘rtacha ta’sir gradatsiyasiga o‘tish ehtimoli yuzaga kelishi taklifi “Ipak Yo‘li” AITB tomonidan bankni moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikka qo‘shgan hissasini baholashda foydalanilgan (“Ipak Yo‘li” AITBning 2020 yil 18 dekabrdagi 02-2/9237-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda banklar faoliyatini baholash yondashuvi banklarning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sirini miqdoriy baholashdan olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilish imkoni yaratilgan;
milliy iqtisodiyotlar qiyosiy dinamikasi va iqtisodiy xavfsizlikning yig‘ma (jamlangan) indeksi asosida bank sektori faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi ta’sirlarni tavsiflovchi makro-moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan axborot-tahlil ma’lumotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi SMTIning 2020 yil oktyabrdagi 02-1/723-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflardan foydalanish milliy iqtisodiyotni strategik rejalashtirishda iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va qayta ta’sirni (obratnaya svyaz`) aniqlash imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.