Mavlonova Gulnoz Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadondan yuvenil qon ketishi bo‘lgan qizlarda mikroelementlar holati va uni korreksiyalash yo‘llari», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam.
Ilmiy rahbar: Amonov Ikrom Istamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Dobroxotova Yuliya Eduardovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bachadondan yuvenil qon ketishi bo‘lgan qizlar qonidagi mikroelementlar holatini tekshirish, korreksiyalash, erta tashxislash va davolashning yangicha yondoshuvlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuvenil yoshda jinsiy bezlar jadal o‘sish jarayoni tufayli organizmda mikroelementlarga bulgan talab oshishi va bosh miya markaziy nerv sistemasi gipofiz bulagidan ajralib chiquvchi tuxumdon gormonlarining me’yoriy kursatkichlari aniqlangan;
ilk bor anamnestik va antropometrik bachadon, tuxumdon hamda bachadon endometriy qavati qalinligining o‘lchamlari ko‘rsatkichlari aniqlanib, mikroelementlar asosida korreksiyalash yo‘llari ishlab chiqilgan;
ilk bor jismonan sog‘lom va bachadondan anomal qon ketishi bilan asoratlangan 12-16 yoshli o‘smir qizlar orasida hayz siklining fazalariga qarab, qonda mikroelement statusi va reproduktiv sistema funksiyasi xayz sikli fazalari tiklanishi hamda tuxumdonda ovulyator siklning shakllanishiga erishish kabi yo‘llari aniqlangan;
yuvenil yoshda bachadondan anomal qon ketgan o‘smir qizlarning qonida LG, FSG, estradiol, progesteron garmonlari miqdorining kamayishi sabab to‘g‘ridan to‘g‘ri qonda hayz sikli fazalarida temir, yod, mis, rux va selen miqdori pasayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuvenil yoshda bachadondan anomal qon ketishi rivojlanishida mikroelement status, qondagi gormonlar, essensial va toksik mikroelementlar holatini o‘rganish va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yuvenil yoshda bachadondan anomal qon ketishida qizlarning mikroelement statusi va reproduktiv tizimi xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 26 apreldagi 8n-r/70-son ma’lumotnomasi). Natijada yuvenil yoshda bachadondan qon ketishi bilan asoratlanishni erta tashxislash, klinik kechishini aniqlash, laborator tashxislashning optimal variantlarini yaratishga xizmat qilgan;
«Yuvenil yoshda bachadonda anomal qon ketishlarni davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/342-son ma’lumotnomasi). Natijada yuvenil yoshda bachadondan qon ketishi bilan asoratlangan o‘smir qizlarda mikroelement statusini aniqlash orqali davolash imkonini yaratgan;
«Yuvenil yoshda bachadonda anomal qon ketishlarda qondagi mikroelement statusi va uni korreksiyalash yo‘llari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/343-son ma’lumotnomasi). Natijada ginekologik kasalliklarning kamayishiga, statsionarda davolanish kunlarining qisqarishiga va yuvenil qon ketishi bo‘lgan qizlarda reabilitatsiya chora tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.