Axrarova Fotima Baxromovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga chet tillarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped14.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora O‘rinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalariningo‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlarini rag‘batlantirish chet tilini bilishining IV darajali boqichi  I– yuqori (fransuz tilini o‘zlashtirishi yaxshi), II–o‘rta (fransuz tilini o‘zlashtirishi qoniqarli), III–quyi (fransuz tilini o‘zlashtirishi qoniqarsiz), IV–oliy (fransuz tilini o‘zlashtirishi a’lo) darajalarga ajratish asosida rivojlantirilgan;
pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishinining IV bosqichli holati V-bosqichi (TT + Ptex.=TTA, ta’lim va tarbiya an’anaviylik) VI-bosqichi (TT + Ptex.=TTT (ta’lim texnologiyalari va test XX oxiri) va VII-bosqichini (TT+  Ptex.=ZTK va ZO‘M, zamonaviy ta’lim kommunikatsiyasi va zamonaviy o‘qitish metodlari. Bugungi davr) kiritish asosida takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga fransuz tilini o‘qitishda  an’anaviy (Français à des fins spécifiques) va klasterli yondashuvlarning o‘xshash (ilmiy-nazariy ma’lumotlar), qisman o‘xshash (Français général) va butunlay farq qilish (kasbga yo‘naltirilganlik va mutaxassislikka mosligi) xususiyatlari aniqlangan;  
kimyo, geokimyo, geofizika va geologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy  kompetensiyasini tizimli rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minotning bosqichma-bosqich: xorijiy tildagi funksional savodxonlik (1 kurs), xorijiy tildagi kasbiy savodxonlik (2 kurs) va xorijiy tildagi kasbiy kompetensiya (3 va 4 kurs)larni rivojlantirishga qaratilgan modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga chet tillarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
nofilologik ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislariga xorijiy tilni tez, oson, samarali va sifatli o‘zlashtirish jarayonida darslarda internet tarmoqlari, elektron darsliklar, o‘qitishning interfaol usul va uslublarini qo‘llashga doir metodik tavsiyalar chet tillarini samarali o‘rgatishga asoslangan Project 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2958-son ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak mutaxassislarga chet tillarni o‘qitishda hamkorlikka asoslangan xalqaro tajribalarning pedagogik texnologiyalari zamonaviy milliy modelni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan va o‘quv jarayoni samaradorligini oshrishga imkon yaratilgan;
pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishinining IV bosqichli holatini V-bosqichi, VI-bosqichi va VII-bosqichini kiritish haqidagi taklifidan Project 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2958-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘rganishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshrishga imkon yaratilgan;
talabalarning chet tillarda kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan interfaol usullarning qo‘llanilishiga doir metodik takliflardan «O`zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Tilga e’tibor» teleko‘rsatuvining  ssenariylarini tayyorlashda  foydalanilgan (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 28 avgustdagi 02-02-769-son ma’lumotnomasi). Natijada, televosita orqali xorijiy tilni o‘rganishda kommunikativ kompetensiya darajasini takomillashtirishga qaratilgan interfaol usulllarni qo‘llash bo‘yicha bilimlarini boyitishga erishilgan;
talaba-yoshlarning chet tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida pedagogik texnologiyalar terminlari va metodlarining ahamiyatini  tushuntirishga oid uslubiy tavsiyalardan «O`zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Assalom, O‘zbekiston!» teleko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda   foydalanilgan (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 28 avgustdagi 02-02-769-son ma’lumotnomasi). Natijada, televosita orqali pedagogik texnologiyalarning mazmun-mohiyati haqidagi tushunchalarini shakllantirishga va bilimlarini boyitishga  erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish