Kamolov Tursunboy Ochilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari kompozision chiqindilarini fizik-kimyoviy xosligi va kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc./T397.
Ilmiy maslahatchilar: Sharipov Hasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor; Borbat Vladimir Fyodorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmud Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren va Yangi Angren IES kompozision chiqindilarini fizik-kimyoviy xosligi va kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosini plagioklaz, vollastanit, kogenit, kvars, oynavatali massa (allofan), kristallsizlantirilgan kvars, temir silisiti, magnetit, alyuminiy silikati tashkil etuvchi o‘zgaruvchan tarkibli geterogen tizimdagi yoqilg‘i shlaklarining texnominerologik tizimi tuzilgan;
Angren va Yangi-Angren kompozision kul chiqindilarining (KKCh) asosiy komponentlarining fraksiyalari, kimyoviy tarkiblari va mineralogik o‘ziga hosligi aniqlangan va bunga ko‘ra kompozision kul chiqindi, kul changi, mikrosfera va «yonmagan ko‘mir»larning bir-biridan farq qilishi va ularni texnologik-minerologik tamoyil asosida diferensiyalash aniqlangan;
ftorid kislota bilan makro- va mikrokomponentlarning o‘zaro ta’siri termodinamik baholangan, shuningdek, Gibbs energiyasi (∆G) qiymati bo‘yicha eruvchan komplekslar [FeF6]3- ning o‘z-o‘zidan shakllanishi, mullit mineralida alyuminiyning eruvchin kompleks [A1F6]3- va H2SiF6 ning hosil bo‘lishi hamda (∆G) qiymati bo‘yicha mikrokomponentlarning erimaydigan ftoridlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
sul`fat kislotali ishqorlashda temir va alyuminiy kabi makrokomponentlar bilan bir qatorda seriy ham eritmaga o‘tishi va qattiq faza komponentlari uchun jarayon birinchi tartibli reaksiyada yuz berishi, shuningdek, uning tezligi harorat oshishi bilan ortishi aniqlangan;
kamyob-er metallarini sul`fat kislotali muhitda ajratib olish va turli «P`yurolayt» kationitlarida sorbsiyalash kinetikasi asoslanib, izotermalar asosida ularni ajratishning optimal sharoitlari aniqlangan va sorbsiya mexanizmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Angren va Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyalari kompozision chikindilarini fizik-kimyoviy xosligi va kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan markazdan qochma kuchlar yoki qaynovchi qatlam asosida siklonlarda rudalar, konsentratlar va qorishmalar komponentlarining solishtirma og‘irligi farqidan foydalangan holda KKCh makrokomponentlarini ajratishning birlashgan texnologiyasi «Angren IES» AJda amaliyotga joriy etilgan («Angren IES» AJning 2020 yil 9 dekabrdagi 01/1446AF-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiya makrokomponentlarni ajratib olish imkonini bergan;
«P`yurolayt» kationitlarida IES kompozision kul chiqindilarining mikrokomponentlarini sorbsion ajratib olish texnologiyasi (kamyob va kamyob-er metallarni: galliy, seriy, lantan, skandiy va vanadiyni ajratib olish, ishqorlash samaradorligini oshirish) «Olmaliq KMK» AJ qoshidagi mis eritish zavodining kamyob metallarni olish sexida joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 29 dekabrdagi 63-500-son ma’lumotnomasi). Natijada, kamyob va kamyob-er metallarni: galliy, seriy, lantan, skandiy va vanadiylarni ajratib olish, ishqorlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
turli «P`yurolayt» kationitlarida kamyob-er metallarini sorbsiya usulida jamlash va ularni ajratib olishning optimal sharoitlari «Olmaliq KMK» AJ qoshidagi mis eritish zavodining kamyob metallarni olish sexida joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 29 dekabrdagi 63-500-son ma’lumotnomasi). Natijada, «P`yurolayt S-930» sorbentida galliyni sorbsiyalash samaradoriligi 92% ni tashkil etish imkonini bergan.