Nasriddinov Azizbek Shamsiddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Kompozision polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlikda qo‘llaniladigan antikorrozion qoplamalar olish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1896.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Soyibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Boxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlikda qo‘llaniladigan antikorrozion qoplamalar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sanoat chiqindilarining organomineral ingredientlaridan foydalangan holda kompozision polimer materiallarning samarali tarkibi yaratilgan va ular asosida mashinasozlikda qo‘llaniladigan antikorrozion qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlatiladigan polimerlar va sanoat chiqindilarining turi va tarkibiga qarab, kompozision polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarning antikorrozion va fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan kompozision polimer materiallarning mustahkamlik va elektr xususiyatlarga ega ekanligi va ular asosidagi qoplamalar agressiv muhit bilan ta’sirlashganda yuqori himoya va korroziyaga qarshi xususiyatlarining mavjudligi aniqlangan;
neft-gaz va tog‘-kon sanoati mashinasozlik maqsadlari uchun kompozision polimer materiallar va ularga asoslangan qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kompozision polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlik antikorroziv qoplamalarini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Korroziyaga qarshi kompozision polimer qoplamalar» uchun tashkilot standarti ishlab chiqilgan va «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 25239558-11:2019). Natijada, maxalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida antikorrozion qoplamalar olish va ularni   agressiv muhitda ishlaydigan mashina va mexanizmlarni emirilishdan himoyalovchi sifatida  ishlatish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision polimer materiallari Guliston ekstrakt yog‘ zavodining diarator rezervuarlari va nasoslarining korpuslarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 11 yanvardagi KS/3-34-son ma`lumotnomasi). Natijada, ushbu mexanizmlar va uskunalarning ish qobiliyatini va samaradorligini oshirish, shuningdek, qimmat qoplamalarni tejash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish