Tulyaganov Jamshid Shovkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biologik faol shisha” implantatsiyasidan keyin ortopedik konstruksiyalar bilan protezlashni takomillashtirish” 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.Phd/Tib502.
Ilmiy raxbar: Akbarov Avzal Nigmatillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02.
Rasmiy opponentlar: Nurieva Natal`ya Sergeevna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navarra milliy universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxalliy osteoplastik material «Biologik faol shisha»ni dental implantatsiyadan avval jag‘ning alveolyar suyak hajmini tiklash uchun qo‘llanilganda samaradorligini baholashni o‘rganish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba tish implantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish uchun suyak to‘qimalarining hajmini oshirish maqsadida qo‘llanilgan "Biologik faol shisha" mahalliy osteoplastik materialining effektivligi "Kollapan" osteoplastik moddasi bilan taqqoslash usuli orqali isbotlangan;
jag‘ suyaklari plastikasidan keyingi implantatlar bilan protezlashning rejalashtirish va prognozlashdagi asosiy mezonlari aniqlandi; 
olinmaydigan protezlar bilan protezlashdan avval osteoplastik materialining suyak to‘qimasi osteointegratsiyasiga ijobiy ta’siri exoosteometriya, tomografiya ma’lumotlari orqali isbotlangan;
jag‘ suyaklari atrofiyasining oldini olish amaliyoti tayanch implantlar bilan davolash ortopedik reabilitatsiyasida samarador ekanligining sifat tahlili chaynov sinamalari orqali isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biologik faol shishani ishlab chiqish va samaradorligini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
"Biologik faol shishani suyak nuqsonlarini tiklash uchun qo‘llash" nomli uslubiy tavsiya tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 7 avgustdagi 8n-r/13son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar ushbu materialni tish olib tashlangandan so‘ng alveolyar o‘siqning atrofiyasini oldini olish xisobiga tayanch tish implantatlari bilan tishlarni protezlash mezonlari va texnikasini aniqlashga imkon bergan.
«Og‘iz bo‘shlig‘ini olinmaydigan tayanchli protezlar bilan implantatlashga maxsus tayyorlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagidagi  8n-r/329 son  ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya stomatologik implantatlar asosida protezlash samaradorligini, protezlarning uzoq muddat xizmat qilishini yaxshilaydi va operatsiyadan keyingi davrda ham, uzoq muddatdan keyin ham asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.
Uslubiy tavsiyalar amaliy tibbiyotga, jumladan TDSI klinikasi va Respublika stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 avgustdagi 8n-r/329 son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amalga oshirish 98,85 % hollarda jag‘ suyagi nuqsonlarini plastikasida stomatologik implantlarni qo‘llab ortopedik davolashni ijobiy natijalarini yaxshilash imkonini berdi. Dental implantatsiya tish qatori nuqsonlarini protezlashning funksional natijalarini yaxshilash imkonini beradi, olinmaydigan tish protezlari konstruksiyalarini qo‘llashni imkonini 98,98±2,09% gacha kengaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish