Akromov Ulug‘bek Sharobiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “J-M. Gyustav Le Klezio asarlari poetikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Fil.333.
Ilmiy rahbar: Ermatov Baxodir Sodiqovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Abdugopir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori; Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon adabiy jarayoni kontekstida J-M. Gyustav Le Klezioning badiiy asar poetik strukturasini tizimli tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetikani tahlil qilish tamoyillari, avtobiografik janrga xos bo‘lgan ifoda individualligi, ijtimoiy davr ruhi, yozuvchi shaxsiyati, uslub, muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi, umumlashtirish hamda tipiklashtirish kabi badiiy mezonlar fransuz adabiy jarayoni  rakursida takomillashtirilgan;
realizm, romantizm, modernizm, psixologizm kabi fransuz adabiy yo‘nalishi va oqimlarining hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari tasviri  J-M. Gyustav Le Klezio romanlari poetikasida individuallik va qiyosiy-tipologik umumlashmada  dalillangan; 
syujet va kompozisiya, shakl va mazmun, badiiy asar tili, mavzu va g‘oya kabi poetik unsurlarni qo‘llashdagi  ijodkor badiiy mahorati xususiy, nazariy va tarixiy poetika  yaxlitligida  ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan; 
sof estetik qonuniyatlar negizida adib romanlaridagi falsafiy fikr, poetik nutq, badiiy mushohada, ijodkor poetik mahorati jahon adabiyotshunosligining ustuvor konsepsiyalariga muvofiq dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
J-M. Gyustav Le Klezio asarlari poetikasi bilan bog‘liq izlanishlar bo‘yicha oligan ilmiy natijasi asosida:
poetikani tahlil qilish tamoyillari avtobiografik janrga xos bo‘lgan ifoda individualligi, ijtimoiy davr ruhi, yozuvchi shaxsiyati, uslub, muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi, umumlashtirish hamda tipiklashtirish kabi badiiy mezonlarga  oid nazariy xulosalardan ITD-1-107 “Xorijiy (fransuz, nemis, ispan) tillar bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar va mutaxassis-filologlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida uzviylik hamda uzluksizlikni ta’minlovchi, o‘zbek realiyalarini aks ettiruvchi o‘quv-uslubiy majmualar va ularning elektron versiyalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 89-03-1379-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha doirasida bakalavrlar  (fransuz tili) uchun yaratilgan “Manuel de France-1”, “Manuel de France-2” va “Manuel de France-3” darsliklari mavzularini yoritishda xizmat qilgan; 
realizm, romantizm, modernizm, psixologizm kabi fransuz adabiy yo‘nalishi va oqimlarining hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari tasviri  J-M. Gyustav Le Klezio romanlari poetikasida individuallik va qiyosiy-tipologik tahlil asosida chiqarilgan ilmiy xulosalardan G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan  “XX asr jahon adabiyoti hikoyalari” (2009 y.), Husan Ermatovning “Nobel` mukofoti sovrindorlari” (Adabiyot, 2011 y.) va “Nobel` mukofoti sovrindorlari” (Tinchlik, 2015y.)  hamda “Jahon bolalar adabiyoti” (2016 y.,10 jildlik) asarlarinining mazmun-mohiyatini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 12 martdagi 01-03-07/410-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy asarlardagi adabiy-estetik hodisalarni tipologik o‘rganish bo‘yicha ilmiy-nazariy fikrlarni umumlashtirishga xizmat qilgan;
J-M. Gyustav Le Klezio syujet va kompozisiya, shakl va mazmun, badiiy asar tili, mavzu va g‘oya kabi poetik unsurlarni qo‘llashdagi  ijodkor badiiy mahoratiga oid xulosalardan 14-16 mart kunlari Fransiya elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat yoshlar teatri bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “IV Talabalar va o‘quvchilar Frankofon teatr va ashula festivali” ssenariy tuzilmalarida foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2019 yil 29 martidagi 01-11-07-4605-son ma’lumotnomasi). Natijada, fransuz asarlaridagi badiiylik va shaxs konsepsiyasining talqini, poetik xususiyatlar,  asarlarining syujet va kompozisiyasi, obrazlar tizimi, unda ilgari surilgan g‘oyalar spektakl` ijodkorlari uchun zarur manba bo‘lib xizmat qilgan;
J-M. Gyustav Le Klezio asarlarida falsafiy-axloqiy muammolar, turli xalq va elatlar hayotining yoritilishi, avtobiografik janrning badiiyati, poetik nutq, badiiy mushohada, ijodkor poetik mahorati kabi estetik qonuniyatlar negizida dalillangan mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” radioeshittirishning 2019 yil fevral`-mart oylari sonlarida tadqiqot mavzusiga oid suhbat  tayyorlangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2019 yil 3 apreldagi O’z/R-1-59-son ma’lumotnomasi). Natijada, J-M.G.Le Klezio asarlarining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-estetik ahamiyatiga oid radio eshittirishlarning mazmun-mohiyatini boyitishda nazariy asos vazifasini o‘tagan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish