Parmanov Farxod Yarashuvichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Migratsiya jarayonlari: transformatsiyasi va integratsiyalashuv tendensiyalari”: 22.00.03 – “Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi” (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/S16.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchi: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Umurzoqov Bahodir Xamidovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Matibaev Taspulat Boltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi migratsiya jarayonlari transformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy omillarni tadqiq etish va sotsiologik modellashtirish orqali mutasaddi tashkilotlarning migratsiyaga oid faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migratsiya hodisasi parametrlari, paradigmalarining sotsiologik akkul`turatsiyasini (turli madaniyatlar to‘qnashuvi natijasida yuz beruvchi o‘zgarishlar, milliy-madaniy transformatsiya jarayonlari) e’tiborga olgan holda mavjud migratsion jarayonga etnomadaniy omillarning (an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar, me’yorlar) ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
migratsiya shakllaridagi milliy-mental va hududiy xususiyatlari kesimidagi holatining sotsiologik xaritasi bo‘yicha jamiyat sotsial mobilligi bilan indikator ko‘rsatkichlari (aktiv, barqaror, passiv, o‘ta passiv)ning korrelyasion aloqadorligi aniqlangan;
migratsiya jarayonlarining oqibatlari (assimilyasiya, marginallashuv, o‘z madaniy muhitidan uzoqlashuv)ning oldini olishga qaratilgan maqsadli ijtimoiylashtirish mezonlari (korporativlik, proaktivlik, jamoaviylik, nazorat qilish) ishlab chiqilgan;
ijtimoiy sherikchilik asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish joylarini tashkil qilishda xorijda ishlab topilgan mablag‘ egalarining (sarmoyadorlarning) proteksionistik (ya’ni, qarindoshlik munosabatlari asosida) kooperatsiyasini tashkil qilish isbotlangan;
migratsiya jarayonlarini ratsional tashkil etish, ularning hududiy-geografik xususiyatlari, strategik vazifalarini aniqlash orqali istiqbollarini prognozlashtirish va optimallashtirishda integrativ yondashuvning ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Migratsiya jarayonlari: transformatsiyasi va integratsiyalashuv tendensiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
migratsiya hodisasi parametrlari, paradigmalarining sotsiologik akkul`turatsiyasini (turli madaniyatlar to‘qnashuvi natijasida yuz beruvchi o‘zgarishlar, milliy-madaniy transformatsiya jarayonlari) e’tiborga olgan holda mavjud migratsion jarayonga etnomadaniy omillarning (an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar, me’yorlar) ta’sir ko‘rsatishiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi Farmonining 10-bandi birinchi xatboshisida belgilangan «xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga ish beruvchi mamlakatda bo‘lish qoidalari, mehnat, ijtimoiy, uy-joy va maishiy ta’minot sharoitlari, xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy yordam choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda taqdim qilish» ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2020 yil 21 iyuldagi 02/00-02/05-4233-son hamda 16 dekabrdagi 02/00-01/05-7364-son ma’lumotnomalari). Bu migrantlarning sotsial maqomi va mavqeini mustahkamlash, yangi etnomadaniy voqelikka moslashtirish zaruriyati, milliy madaniyatlarning integratsiyalashgan transformatsiyasi xarakteri va yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
migratsiya shakllaridagi milliy-mental va hududiy xususiyatlari kesimidagi holatining sotsiologik xaritasi bo‘yicha jamiyat sotsial mobilligi bilan indikator ko‘rsatkichlari (aktiv, barqaror, passiv, o‘ta passiv)ning korrelyasion aloqadorligi natijasidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son qarori 6-ilovasining 5-bandi, 3-xatboshisida belgilangan «Ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitishni tashkil etish, aholiga bandlik va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga oid xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa faoliyat yo‘nalishlarini joriy etish va amalga oshirish» chora-tadbirlarini tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2020 yil 21iyuldagi 02/00-02/05-4233-son hamda 16 dekabrdagi 02/00-01/05-7364-son ma’lumotnomalari). Bu aholi bandligiga ko‘maklashish sohasida xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va bu borada normativ-huquqiy bazani mustahkamlash imkonini bergan;
migratsiya jarayonlarining oqibatlari (assimilyasiya, marginallashuv, o‘z madaniy muhitidan uzoqlashuv)ning oldini olishga qaratilgan maqsadli ijtimoiylashtirish mezonlari (korporativlik, proaktivlik, jamoaviylik, nazorat qilish)ga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3509-son «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Ichki turizmni rivojlantirish chora-tadbirlar rejasi» 30-bandini amalga oshirishda belgilangan: xorijda do‘stlik jamiyatlari va o‘zbek diasporasi, shu jumladan, tarixi, madaniyati, milliy urf-odatlarini targ‘ib qilish ishlarini faollashtirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 9 iyuldagi 02-16/3405-son ma’lumotnomasi). Bu o‘zaro ta’sir qilayotgan turli ijtimoiy va madaniy tizimga mansub migrantlar, ularni qabul qilgan jamiyatdan u yoki bu darajada madaniy xususiyatlarni qabul qilib olishi, ularga o‘z xususiyatlarini transformatsiya qilishi, respublikamizning turizm salohiyatini targ‘ib qilishdagi o‘rnini tahlil qilish imkonini bergan;
ijtimoiy sherikchilik asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish joylarini tashkil qilishda xorijda ishlab topilgan mablag‘ egalarining (sarmoyadorlarning) proteksionistik (ya’ni, qarindoshlik munosabatlari asosida) kooperatsiyasini tashkil qilishga oid takliflaridan Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2019 yil reja asosida 2019 yil ta’sischilarning yig‘ilishida (Bayonnoma№2) 6-bandida tasdiqlangan «Migratsiya jarayonlari jamoatchilik fikri ko‘zgusida»ga bag‘ishlangan sotsiologik so‘rovnomaning II Bo‘limi 5,6,7,8,9,10 bandlaridagi «Ijtimoiy sherikchilik asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlarini ajratishga» bag‘ishlangan qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2020 yil 09 iyundagi 01-16/164-son hamda FJShMQMIning 2019 yil 14 maydagi 20/708-1-son ma’lumotnomalari). Bu O‘zbekistonda migratsiya yo‘nalishlari jarayonlarini optimallashtirish, tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishga oid sotsiologik ma’lumotlar bazasini boyitishga, ijtimoiy sherikchilik asosida tadbirkorlikni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini bergan;
migratsiya jarayonlarini ratsional tashkil etish, ularning hududiy-geografik xususiyatlari, strategik vazifalarini aniqlash orqali istiqbollarini prognozlashtirish va optimallashtirishda integrativ yondashuvning ahamiyati oid takliflaridan Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi PF-5667-son «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 2-bandining 4-xatboshi «Ijtimoiy sohada - aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga, uning bandligini ta’minlashga, real daromadlarini oshirish chora-tadbirlarini bajarishga yo‘naltirilgan islohotlar» hamda 9-bandining 4-xatboshi «O‘zbekistonda va xorijda demografik jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishga ko‘maklashish»ni tayyorlashda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2020 yil 09 iyundagi 01-16/164-son ma’lumotnomasi). Bu sotsial mobillik, migratsion jarayonlarning ko‘p o‘lchamli paradigmalari tahliliga oid ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, uning zamonaviy tendensiyalari dinamikasini aniqlash imkonini bergan.