Shaumarova Zilola Abdushukurovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noto‘liq oilada bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.1.PhD/Ped504.
Ilmiy rahbar: Raxmankulova Nargiz Xadjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Salieva Zuxra Taxirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noto‘liq oilada bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish hamda mazkur jarayon samaradorligini oshirishga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noto‘liq oilada tarbiyalangan bolalarda gender xususiyatlar, jumladan, o‘g‘il bolalarda agressivlik, nutq madaniyatining talab darajasida emasligi, kleptomaniyaga moyillik, ayrim zararli odatlarning ko‘proq uchrashi; qizlarda esa, hasad, rashk hislari, nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish singari xususiyatlar aniqlangan; 
noto‘liq oilada bolaning barkamol rivojlanishini ta’minlash mumkin bo‘lgan potensial imkoniyatlar (referent doirasidagi namunaviy shaxslar, boladagi tug‘ma layoqat, sport, san’at, fan yo‘nalishidagi iqtidori) noto‘liq oilada voyaga etgan taniqli shaxslarning hayotini o‘rganish asosida aniqlangan;  
noto‘liq oilada bola tarbiyasidagi muammolarni aniqlovchi ijtimoiy-pedagogik diagnostik metodikasi validlilik va ishonchlilik talablari hamda shaxs axloq-odob xususiyatlarini to‘ldirilganlik asosida takomillashtirilgan; 
noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ijtimoiy-pedagogik muammolarini oldini olish va bartaraf etish modeli bola shaxsini  ijtimoiy-pedagogik jarayonda faol ishtirokini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Noto‘liq oilada bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlariga doir tadqiqot natijalari asosida:
noto‘liq oilada tarbiyalangan bolalarda gender xususiyatlari, jumladan, o‘g‘il bolalarda agressivlik, nutq madaniyatining talab darajasida emasligi, kleptomaniyaga moyillik, ayrim zararli odatlarning ko‘proq uchrashi; qizlarda hasad, rashk hislari, nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish singari xususiyatlariga oid aniqlangan takliflar “Umumiy pedagogika” (Pedagogik mahorat) darsligi mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5283-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning noto‘liq oiladagi o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarini  oshirishning didaktik imkoniyati kengaytirilgan; 
noto‘liq oilada bolaning barkamol rivojlanishini ta’minlash mumkin bo‘lgan potensial imkoniyatlar asosidagi takliflar “Ijtimoiy pedagogika” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5283-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning noto‘liq oiladagi bolalar  bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar pedagogik faoliyatda samaradorligini oshirishga erishilgan;
noto‘liq oilada bola tarbiyasidagi muammolarni aniqlovchi ijtimoiy-pedagogik diagnostik metodikasi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5283-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlar pedagogik jarayonda  o‘quvchilarning tarbiyasidagi muammolarni aniqlashda hamda ota-ona hamkorligida tegishli pedagogik-psixologik korreksion ish olib borish imkoni oshirilgan;
noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ijtimoiy-pedagogik muammolarining oldini olish va bartaraf etish modeli takomillashtirilib, noto‘liq oilada bola shaxsini shakllantirish modelining amaliy komponentini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan  № FZ-2016-0909111822. “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5283-son ma’lumotnomasi). Natijada, noto‘liq oilada bola shaxsini shakllantirishga doir ijtimoiy-pedagogik faoliyat samaradorligi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish