Djolimbetova Miyo‘agul Madiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Psi71.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Pulat Sobirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Mullaboeva Nozima Majidovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalarini shakllantirishning psixologik xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash, tasniflash kabi tafakkur operatsiyalarining namoyon bo‘lishida “To‘rtinchisi ortiqcha” hamda “Ob’ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta’riflash” usullari asosida yosh ulg‘aygan sayin o‘sish farqlari borligi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur operatsiyalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar oilaviy munosabatlar hamda salbiy ta’sir etuvchi (nizolashuvchanlik, mehrli munosabatning etishmasligi, xavotirlanish, adovat, nomukammallik kompleksi) komponentalarini differensiallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish) “O‘ynashni bilmagan – o‘ylashni ham bilmaydi” nomli korreksion individual rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali fikrlashga undash asosida rivojlantirilgan;
pedagoglar hamda ota-onalarga kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalari predmetlarni, ertak qahramonlarini solishtirish, tahlil qilish, umumlashtirishga o‘rgatish, tevarak atrofdagi hodisalarni kuzatish, ularning o‘xshashligi, farqini topishga o‘rgatish asosida rivojlantirishning psixologik imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkur operatsiyalarini shakllantirishni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash, tasniflash kabi tafakkur operatsiyalarining namoyon bo‘lishida “To‘rtinchisi ortiqcha” hamda “Ob’ektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta’riflash” usullari asosida yosh ulg‘aygan sayin o‘sish farqlari borligi haqidagi taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi 7-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7a - son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” kursini o‘qituvchi pedagog-psixologlar kasbiy kompetentlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan hamda o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalari rivojlanish dinamikasiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar amaliyotga tadbiq etilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar oilaviy munosabatlar hamda salbiy ta’sir etuvchi (nizolashuvchanlik, mehrli munosabatning etishmasligi, xavotirlanish, adovat, nomukammallik kompleksi) komponentalarini differensiallashtirish asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi 7-son buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan, diagnostik metodikalar 5110900 - “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya” nomli qoraqalpoq tilidagi darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7a - son ma’lumotnomasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i, 744-105 raqamli guvohnoma). Ushbu taklif va tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning uslubiy-texnologik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish) “O‘ynashni bilmagan – o‘ylashni ham bilmaydi” nomli korreksion individual rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali fikrlashga undash asosida rivojlantirilishi haqidagi taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi 7-son buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7a - son hamda Respublika tashxis markazining 2020 yil 1 iyuldagi 5–son ma’lumotnomalari). Mazkur kompyuter dasturining joriy etilishi natijasida umumta’lim maktablari psixologlari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkur operatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatiga tatbiq etilgan.