Bekova Shamsiya Djabbarovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalar kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.RhD/Psi70.
Ilmiy rahbar: Beknazarova Lola Sadinovna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Nazirova Lola Vasiljonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maksadi Maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ qobiliyatlar shakllanishining samarali psixologik shart-sharoitlarini empirik yo‘l bilan tadqiq etish va ulardagi kommunikativ ko‘nikmalarni psixokorreksiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ qobiliyatlarni shakllan¬tirishiga ta’sir qiluvchi psixologik omillar, bevosita oilaviy munosabatlarda, tengdoshlar guruhida, guruhlararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan kommunikativ aloqa sifat¬lari bog‘liqligini “Kommunikativ imko¬niyat¬larni o‘rganish” metodikasi asosida aniqlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ faoliyatga kirishish jarayonida, ya’ni xulqiy kechinmalarga nisbatan hissiy kechinmalar va emo¬sional xulq-atvor xususiyatlarining ustunroq kechishi, bola bilan kommunikativ aloqa o‘rnatishda ularning ixtiyoriy darajada kognitiv xulq-atvor xususiyatlariga qaraganda, kognitiv xususiyatlar ustuvor ekanligi “Bola bilan kommuni¬kativ aloqa o‘rnatish va ixtiyoriy xulq-atvor daraja¬sini aniqlash” metodikasi asosida aniqlangan;
bolalar kommunikativ qobiliyatlarining namoyon bo‘lishida oiladagi yaqinlik munosabatlari (“ota-onaga bo‘lgan munosabat”, “aka-uka va opa-singillarga bo‘lgan munosabat”, “buvi va bobolarga bo‘lgan munosabat”, “muloqotchanlik” va “xulq-atvorning ijtimoiy adekvatligi”)ning ustuvorligi “Oila rasmi” metodikasi natijalarini differensiallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan kommunikativ aloqa o‘rnatish ko‘nikmalari, xulqiy va hissiy kechinmalar, axborot qabul qilish va uzatish, tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatga kirishish¬, guruhiy ishlash normalariga amal qilish kognitiv, emotsional, motivatsion, xulq-atvor sohalariga ta’sir etish orqali shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi o‘yin texnologiyalari asosida shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirishning psixologik xusususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ qobiliyatlarni shakllan¬tirishga ta’sir qiluvchi psixologik omillar, bevosita oilaviy munosabatlarda, tengdoshlar guruhida, guruhlararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan kommunikativ aloqa sifat¬lari bog‘liqligini “Kommunikativ imko¬niyat¬larni o‘rganish” metodikasi asosida aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi 7-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7b-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog-psixologlar, maktabgacha ta’lim muassasalariga psixologik xizmat ko‘rsatishga tayyorlanuvchi amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ faoliyatga kirishish jarayonida, ya’ni xulqiy kechinmalarga nisbatan hissiy kechinmalar va emo¬sional xulq-atvor xususiyatlarining ustunroq kechishi, bola bilan kommunikativ aloqa o‘rnatishda ularning ixtiyoriy darajada kognitiv xulq-atvor xususiyatlariga qaraganda, kognitiv xususiyatlar ustuvor ekanligi “Bola bilan kommuni¬kativ aloqa o‘rnatish va ixtiyoriy xulq-atvor daraja¬sini aniqlash” metodikasi asosida aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi 7-son buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7b-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar, psixologlar, yetakchi mutaxassislar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyati oshirilgan;
bolalar kommunikativ qobiliyatlarining namoyon bo‘lishida oiladagi yaqinlik munosabatlari (“ota-onaga bo‘lgan munosabat”, “aka-uka va opa-singillarga bo‘lgan munosabat”, “buvi va bobolarga bo‘lgan munosabat”, “muloqotchanlik” va “xulq-atvorning ijtimoiy adekvatligi”)ning ustuvorligi “Oila rasmi” metodikasi natijalarini differensiallashtirish asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi 7-son buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 1 iyuldagi P-M-7b-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixologlarning kommunikativ qobiliyatni shakllantirishning o‘ziga xosligi, uning psixologik mexanizmlari, kommunikativ qobiliyatni ta’minlovchi psixologik omillar haqidagi bilimlari takomillashtirilib, nazariy-kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan kommunikativ aloqa o‘rnatish ko‘nikmalari, xulqiy va hissiy kechinmalar, axborot qabul qilish va uzatish, tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatga kirishish, guruhiy ishlash normalariga amal qilish kognitiv, emotsional, motivatsion, xulq-atvor sohalariga ta’sir etish orqali shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi o‘yin texnologiyalari asosida shakllantirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 11 martdagi №03-01/1-980-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti muassasalarida bolalar kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirishning amaliy faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlari unumdorligini oshirishga xizmat qilgan.