Baymuratova Gulirayxon Tursunbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy risklarni sug‘urtalashni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1162. 
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuhrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomdagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy risklarni sug‘urtalashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy riskning yuzaga kelish ehtimolini o‘zida mujassam etgan baholash algoritmini qo‘llash asosida iqtisodiyot sub’ektlarining moliyaviy risklarini sug‘urtalashda daromadlarning o‘rtacha miqdori moliyaviy operatsiyalarda mutlaq ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
sug‘urta tashkilotlari faoliyatida moliyaviy operatsiyalarda o‘rtacha qiymatiga nisbatan tebranish darajasini tavsiflaydigan dispersiyani qo‘llash mexanizmi funksionalligida moliyaviy risk individual darajasining o‘rtacha kvadrat (standart) chetlanishi hisoblab chiqilishi asosida xatolikni prognozlash asoslangan;
sug‘urta tashkilotlari faoliyatida moliyaviy risklarni sug‘urtalash bo‘yicha o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanishi bo‘yicha risk darajasini aniqlash taklif etilgan;
moliyaviy risk turlarini aniqlash metodlarini yaxlit tizimlashtirgan holda qo‘llash orqali ularni boshqarishning ko‘p bosqichli metodi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Moliyaviy risklarni sug‘urtalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy riskning yuzaga kelish ehtimolini o‘zida mujassam etgan baholash algoritmini qo‘llash asosida iqtisodiyot sub’ektlarining moliyaviy risklarini sug‘urtalashda daromadlarning o‘rtacha miqdori moliyaviy operatsiyalarda mutlaq ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘lishi taklifi “UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyati hamda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy hisobotlarini tuzishda foydalanilgan (“UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyatining 2020 yil 24 avgustdagi 0012-son, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 18 sentyabrdagi 01/007-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida moliyaviy operatsiyalardan olingan o‘rtacha daromadning mutlaq yuqori ko‘rsatkichi 52,4 mlrd. so‘mni hamda 284,1 mlrd. so‘mni tashkil etishiga erishilgan;
sug‘urta tashkilotlari faoliyatida moliyaviy operatsiyalarda o‘rtacha qiymatiga nisbatan tebranish darajasini tavsiflaydigan dispersiyani qo‘llash mexanizmi funksionalligida moliyaviy risk individual darajasining o‘rtacha kvadrat (standart) chetlanishi hisoblab chiqilishi asosida xatolikni  prognozlash taklifi  “UZARO”  ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyati hamda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy hisobotlarini tuzishda foydalanilgan (“UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyatining 2020 yil 24 avgustdagi 0012-son, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 18 sentyabrdagi 01/007-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy etilishi moliyaviy risk darajasining o‘rtacha kvadrat (standart) og‘ishi ko‘rsatkichi 795,0 mlrd. so‘mga hamda 29,1 mlrd. so‘mga tengiligini aniqlash imkonini bergan;
sug‘urta tashkilotlari faoliyatida moliyaviy risklarni sug‘urtalash bo‘yicha o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanishi bo‘yicha risk darajasini aniqlash bo‘yicha taklifi “UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyati hamda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida biznes rejani shakllantirishda foydalanilgan (“UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyatining 2020 yil 24 avgustdagi 0012-son, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 18 sentyabrdagi 01/007-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan kutilayotgan o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari farqlanishi, risk darajasi variatsiya koeffisienti 0,6 ga hamda  0,5 ga teng ekanligini aniqlash imkonini bergan;
moliyaviy risk turlarini aniqlash metodlarini yaxlit tizimlashtirgan holda qo‘llash orqali ularni boshqarishning ko‘p bosqichli metodi bo‘yicha taklifi “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy faoliyatini rivojlantirish strategiyasini tuzishda foydalanilgan (“Bekobodsement” Aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 12 sentyabrdagi 032/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida “Bekobodsement” AJning 2019 yildagi daromadlilik ko‘rsatkichi 2018 yilga nisbatan 2,3 darajaga ortib, 34,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish