Yusufov Muxriddin Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aminofenol izomerlarini xloratsetillash va olingan mahsulotlar asosida sintezlar», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K118.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maksumov Abduhamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yakubov Ubaydullo Majitovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aminofenol izomerlarini xloratsetillash reaksiyalari asosida olingan mahsulotlarni nukleofil` almashinish reaksiyalarini olib borish shuningdek ularning tuzilishini va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor aminofenol izomerlarini xloratsetillash reaksiyalarida past haroratlarda selektiv N-xloratsetil mahsulotlar, yuqori haroratlarda esa N- va O-xloratsetil mahsulotlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
aminofenol izomerlarining xloratsetillash reaksiyalaridagi reaksion qobiliyatlarining o-aminofenol < m-aminofenol < p-aminofenol qatorida ortib borishi aniqlangan;
4-gidroksi atsetanilidni xloratsetillash reaksiyalari FeCl3, MoCl5, TAA katalizatorlari ishtirokida olib borilganida O- va S-xloratsetil mahsulotlarning aralashmasi hosil bo‘lishi, FeCl3 qo‘llanilganda esa yuqori unum bilan O-xloratsetil mahsulotlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
ilk bora aminofenol izomerlarining N-xloratsetil mahsulotlarini m-krezol, sitizin va psevdoefedrin alkaloidlari bilan reaksiyalari natijasida biologik faol birikmalar sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aminofenol izomerlarini xloratsetillash reaksiyalari va olingan N-xloratsetil birikmalarning nukleofil` almashinish reaksiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
N-(4-gidroksifenil)-2-(m-toliloksi)atsetamid va N-(3-gidroksifenil)-2-(m-toliloksi) atsetamid metal konstruksiyalarning biokorroziyasiga qarshi ingibitor sifatida “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2020 yil 30 apreldagi 469/GK-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu bioingibitorlar metal konstruksiya va qurilmalarining eksplutatsion xossalarini oshirish imkonini bergan;
aminofenol izomerlarini xloratsetillash reaksiyalari asosida olingan xloratsetil birikmalar MU-FZ-20171025169 raqamli “Naftollarning allil efirlari izomerlanishi tadqiqotlari” mavzusidagi fundamental loyihasida fenil allil efirlarini olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 89-03-2337-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori bakterisidlik xossasiga ega bo‘lgan fenol hosilalarini olish imkonini bergan.